Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sevgi shohni gadoga, gadoni shohga aylantiradigan qudratga ega tuyg‘u. U millat, din, yosh tanlamaydi.

Nik Jonas va Priyanka Chopra

Foto: Getty Images

Na millatidagi farqlar, na yosh farqi bu juftlikning birga bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi. Nik Jonas amerikalik, uning rafiqasi Priyanka Chopra esa hindistonlikdir. Musiqachi va aktrisa 2018-yilda turmush qurishdi.

Foto: Getty Images

Ularning to‘yi bir necha kun davom etdi, yulduzlar klassik oq libos va smokingdan tashqari, marosim uchun hind liboslarini ham kiyishdi. Nik va Priyanka an’anaviy Ganesh Puja to‘y marosimini o‘tkazdi. Jonas Chopraning milliy an’analarini hurmat qiladi va u bilan birga muhim marosimlarda qatnashadi.

Natalya Vodyanova va Antuan Arno

Asli Nijniy Novgoroddan bo‘lgan model shon-shuhratning “dunyo bosqichi”ga kirib, taniqli fransuzning qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. 2020-yil sentyabr oyida u fransuz biznes imperiyasining vorisi Antuan Arnoga turmushga chiqdi. Turli millatlarga mansub bo‘lishiga qaramay, Natalya va Arno bir-biriga juda mos — chiroyli juftlik.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Adel va Rich Pol

Adelning yigiti haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Xonanda Rich Polga ishqiy munosabatlarining tasdig‘i sifatida faqat bitta post bag‘ishlagan. Rich — afroamerikalik sport agenti, Adel — britaniyalik qo‘shiqchi. Aytgancha, kuzda juftlik yashirincha turmush qurishgan degan mish-mishlar tarqaldi. Xonanda bu ma’lumotni tasdiqlamadi, lekin u va Pol birga yashashi ma’lum.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Yeva Mendes va Rayan Gosling

Yeva Mendes kubalik muhojirlar oilasida tug‘ilgan, Rayan Gosling esa fransuz-kanadalik. Juftlik kamdan-kam hollarda birgalikda hayotlarining tafsilotlarini baham ko‘rishadi. Ularning yashirin to‘yi haqidagi mish-mishlar 2016-yildan beri bor. Ularning so‘zlariga ko‘ra, baxt sukunatni yaxshi ko‘radi. Juftlik birgalikdagi fotosuratlarni ham ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaydi.

Foto: Getty Images

Irina Sheyk va Bredli Kuper

Irina Sheyk Bredli Kuperning qalbida alohida o‘rin tutadi. Model Chelyabinsk viloyatidan, Kuper esa irland va italyan ildizlariga ega bo‘lgan amerikalik aktyor. 2019-yilda juftlik butunlay ajralishdi. Insayderlarning xabar berishicha, Irina Bredli bilan ikkinchi farzandni orzu qiladi.

“Sentyabr oyida ular oilaviy dam olishdi. Juftlik shu qadar yaxshi vaqt o‘tkazdiki, ular yana er-xotin bo‘lish va ko‘proq farzand ko‘rish haqida jiddiy o‘ylashmoqda. Irina haqiqatan ham qizining ukasi yoki singlisi bo‘lishini xohlaydi”, — deb aniqlik kiritadi insayder.
Foto: Getty Images

Zoe Saldana va Marko Perego

Bu juftlik har doim olomondan ajralib turadi. Zoe Dominikan va Puerto-Rikolik otadan tug‘ilgan aktrisa, Marko esa italiyalik kinorejissor va rassom. Zoe va Marko bir necha oylik tanishuvdan so‘ng 2013-yilda turmush qurishdi. Aytgancha, zamonaviy Italiyada nikohdan keyin familiya o‘zgartirish odatiy hol emas. Ammo Marko xotinining familiyasini olishga qaror qildi va Perego-Saldana bo‘ldi.

Men unga: “Agar familiyamni olsang, butun dunyo, san’at ahli, jamoatchilik seni to‘nka deyishadi”, dedim. Ammo Marko shunchaki menga qaradi va yoqimli italyancha talaffuzda: “Oh, Zoe, menga baribir”, deb eslaydi aktrisa.
Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »