Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qadrdon sovet multfilmlari nafaqat postsovet hududida sevib tomosha qilinadi, balki G‘arb tomoshabinlarini ham o‘ziga muxlis qilgan. Ular eng oddiy tomoshabinlarni ham, nufuzli festivallarning hakamlar hay’atini ham hayratda qoldira olgan.

“Tumandagi kirpi”, 1975-yil

Foto: Filmdan kadr

Taxminan 10 daqiqa davom etadigan bu qisqa multfilmni butun dunyo tan oladi. 2003-yilda Tokiodagi Laputa xalqaro animatsiya festivalida barcha davrlarning eng yaxshi multfilmi deb topiladi. Shuningdek, 1977-yilda London xalqaro kinofestivalida “Yil filmi” nominatsiyasida g‘olib chiqadi.

“Bukri toychoq”, 1947-yil

Foto: Filmdan kadr

Pyotr Yershov ertagi asosida yaratilgan va folklor bilan to‘ldirilgan ushbu multfilm xorijdagi eng mashhur sovet animatsion filmlaridan biriga aylandi. Chet elliklar hattoki asar muallifi rejissor Ivan Ivanov-Vanoni mahorati va detallarga sinchkovlik bilan e’tibor bergani uchun Uolt Disneyga qiyoslashadi.

Cheburashka haqida multfilmlar seriyasi, 1969–1983

Foto: Filmdan kadr

Paxmoq mo‘ynali yoqimtoy jonivor haqidagi multfilm Eduard Uspenskiyning “Timsoh Gena va uning do‘stlari” kitobi asosida yaratilgan. Roman Kachanov rejissyorligidagi mazkur multfilm chet ellik tomoshabinlarning ham sevimlisiga aylanadi.

Multfilm ayniqsa Yaponiyada mashhur — 2000-yillar boshlarida Cheburashka obraziga bo‘lgan huquqlar ushbu mamlakatga beriladi. 2010-yilda Tokio telekanali Cheburashkaga bag‘ishlangan 26 qismli yapon serialini chiqargan bo‘lsa, 2020-yil aprel oyida yapon animatorlari ushbu personaj ishtirokidagi birinchi filmni 3D formatida namoyish qilgan.

“Qor malikasi”, 1957-yil

Foto: Filmdan kadr

Hans Kristian Andersen ertagi asosida yaratilgan multfilm eng yaxshi sovet animatorlari tomonidan ishlab chiqilgan. “Qor malikasi” obrazi esa rassom Leonid Shvartsman tomonidan yaratilgan.

1960-yilda mazkur multfilm Qo‘shma Shtatlarda namoyish etiladi va Uolt Disney asarlari bilan taqqoslashlarga sabab bo‘ldi. Multfilm Venetsiya (1957), Kann (1958) va Rimdagi (1958) xalqaro kinofestivallarida sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Buyuk yapon animatori Xayao Miyazaki esa uni o‘zining sevimli animatsion filmlaridan biri deb atagan.

“Senimi, shoshmay tur!”, 1969-1986

Foto: Filmdan kadr

Doim quyonni ta’qib qilib yuradigan bo‘ri haqidagi ushbu animatsion film xorijiy mamlakatlarda Rossiyadagidan kam mashhur bo‘lmagan. Polsha zarbxonasi sovet multfilmiga bag‘ishlangan esdalik tanga ham chiqaradi, Germaniyada “Nu Pоgоdi” nomli rok guruhi yaratiladi. Animatsion serial Bolgariyada ham katta shuhrat qozonadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »