Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda endi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida, tezlik chegarasi 30 kilometr/soat qilib belgilangan hududlarda tezlikni oshirish holati qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar tomonidan aniqlanishi amaliyotga joriy qilinadi. Bu haqda IIV JXD YHXX matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldidagi yo‘llarda transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. 

Avvalroq qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar haydovchilarning transport vositasini boshqarishida xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzishi kabi qoidabuzarliklarni ham aniqlashi joriy qilingani haqida xabar berilgan edi

1-iyundan respublikadagi barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligini soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilgan. Tahlillarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari yiliga 4 mingga yaqin o‘lim holatlari bilan yakunlanadi. Tezlikni 10 kilometr soatga tushirish o‘lim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »