Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida to‘y korteji uyushtirib, qoidabuzarlik sodir qilgan bir guruh yigitlar javobgarlikka tortildi. 

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘y marosimiga ketayotgan yoshlar mashina rulini qo‘yib yuborib, butun tanasini salondan chiqarib ketayotgani aks etgan video tarqalgan edi.

“Gazeta.uz”ning Oliy sud matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, Maʼmuriy ishlar bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudi to‘y korteji ishtirokchilarini 10 sutkaga qamoqqa olish haqida hukm chiqargan.

Toshkent viloyati IIB YHXB tomonidan aniqlanishicha, voqea 1-oktyabr kuni taxminan soat 15:00 da Samarqand ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mazkur huquqbuzarlikni Yangiyo‘l tumanida yashovchi 22 yoshli ikki fuqaro sodir etgan.

Sud ularni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topgan.

Qoidabuzar haydovchilar

2023-yilning fevral boshlarida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 5-fevral kuni to‘y korteji yo‘lning har ikkala qatnov qismini to‘sib, guruh bo‘lib harakatlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan, maʼmuriy bayonnoma tuzilib, avtomashinalar vaqtinchalik saqlash maydonchasiga qo‘yilgan.

Aprel oxirlarida esa Buxoro shahrida transport vositalari harakatiga xalaqit bergan to‘y korteji avtomobillari vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan edi. Shuningdek, 2022-yilning iyulida Namanganda transport vositalari harakatiga xalaqit bergan to‘y korteji avtomobillari jarima maydoniga joylashtirilgan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »