Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar sudida bloger Abduqodir Mo‘minovga oid jinoyat ishi bo‘yicha Mirobod tuman sudining 2023-yil 4-avgustdagi hukmi ustidan berilgan shikoyatiga asosan appelyatsiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mazkur jinoyat ishi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati sudyasi D.Rajabov raisligida hamda sudyalar M.Ahmedov va H.Shamshiyevdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilgan.

Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati appelyatsiya instansiyasining 2023-yil 6-oktyabrdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining Abduqodir Mo‘minovga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgarishsiz, appelyatsiya shikoyatlari esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

“Ushbu ajrim ustidan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkinligi maʼlum qilinadi”, — deyiladi xabarda.

YouTube platformasidagi “Ko‘zgu” sahifasi muallifi, bloger Abduqodir Mo‘minov Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b”, “v” bandlari, 4-qismi “a” bandi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi va 28,211-moddasi (pora berishda ishtirokchilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 14 nafar jabrlanuvchi mavjud bo‘lib, jinoyat oqibatida ularga jami 903 421 567,5 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

Sud hukmi bilan Mo‘minov 3 yil muddatga jurnalistik (blogerlik) faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, jabrlanuvchilar foydasiga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni undirish belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »