Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: Telegram
“Botanika bog‘i — bu ko‘ngilochar joy emas. Bu — butun shahrimiz har kuni nafas olayotgan Toshkentning o‘pkasi. Bu — biz g‘ururlanadigan tarix”, — deydi prezident yordamchisi. 

U 70 yildan ortiq vaqt davomida iste’dodli olimlar ushbu bog‘da bebaho daraxtlar va o‘simliklarni yetishtirganini, ularga o‘z mehr-muhabbatini bag‘ishlaganini qayd etdi.

“Yurtimizda bunday maskan boshqa hech qayerda yo‘q. Tabiatning ana shu bir parchasini asrab-avaylash, uni himoya qilish va bolalarimizga yetkazish bizning burchimizdir. Men Botanika bog‘ini tijoriy tuzilmalar boshqaruviga topshirishga qat’iyan qarshiman. Uning bir santimetri ham ijarachi yoki quruvchilarga berilmasligi shart”, — deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.

Bildirilishicha, bog‘ni olimlar yaratgan va u olimlar ixtiyorida bo‘lishi, butun o‘zbekistonliklar uchun xizmat qilishi lozim. 

“U Fanlar akademiyasi ixtiyorida qoladi”, — deb yozdi prezident yordamchisi.

Avvalroq Project.gov.uz portalida Vazirlar Mahkamasining “Istirohat bog‘lari faoliyati va ularni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, madaniyat va istirohat bog‘larini viloyatlar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan “Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari” tasarrufiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Ushbu ma’lumot jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Keyinroq poytaxt hokimligi Botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. 

“Hokimlik ushbu ilmiy dargohning mamlakat ekotizimini asrash, o‘simliklar genofondini saqlash va ko‘paytirishdagi ahamiyatini e’tirof etadi va uni istirohat bog‘iga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Mavzuga doir
Izoh

Sodiq Tursunov

07.10.2023, 18:31

Саида Мирзияева аралашганидан кейин даров Ботаника богини хокимият балансига утказиш рад этилди. Саида Опа Сизга рахмат

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »