Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Umra safariga ketayotgan chog‘ida salomatligi yomonlashgan o‘zbekistonliklarga Bosh konsullik tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani maʼlum qilindi.

Foto: “Dunyo” agentligi

 

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulligi xodimlari Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali ikki nafar keksa yoshdagi O‘zbekiston fuqarosi Umra safariga ketayotgan chog‘ida “Sharja” xalqaro aeroportining tranzit yo‘lovchilar hududida sog‘ligi yomonlashib qolgani va Sharja amirligining “Al Qosimiya” shifoxonasiga shoshilinch tarzda olib borilganidan xabar topgan.

Fuqarolar 26-sentyabr kuni Umra safarini bajarish uchun “Madina Muslim Tours” xususiy sayyohlik shirkati orqali Namangan–Sharja–Madina–Sharja–Namangan yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnoviga chipta olgan, ularga shirkat tomonidan masʼul bo‘lgan vakil - Ellik boshi tomonidan lozim darajada eʼtibor ko‘rsatilmagan. 

Bosh konsulxona xodimlari qiyin ahvolda qolgan keksa yoshdagi hamyurtlarga konsullik-huquqiy yordam berish va ularni vatanga qaytarish maqsadida “Al Qosimiya” shifoxonasi masʼullari hamda Sharja xalqaro aeroportining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari masʼul xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Buning natijasida, mamlakat fuqarolariga shifoxonaga to‘lanishi lozim bo‘lgan 4400 AQSH dollaridan voz kechish va Sharja–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bepul aviachipta bilan taʼminlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu tariqa hamyurtlarimiz vatanga qaytarildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »