Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik aktrisa Sheron Stoun People nashriga bergan intervyusida insult kasalligi uning hayotida qanday asorat qoldirgani haqida so‘zlab berdi. Jahon kinosi yulduzining so‘zlariga ko‘ra, u agar sutkasiga 8 soatdan kam uxlasa, unda tutqanoq tutadi.

Foto: Esquire

 

“Uzoq vaqt mobaynida men o‘zimni xuddi hammasi ko‘ngildagidek tutdim. Lekin agar sutkasiga 8 soatdan kam uxlasam, miya uchun dorilarim ta’sir qilmaydi va menda tutqanoq boshlanadi”, — deydi Gollivud aktrisasi.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, insultdan so‘ng uning imkoniyatlari cheklangan, aynan shuning uchun ham uni har doim ham filmlarga olishmagan.

“Bu men so‘nggi 22 yil ichida to‘qnash kelayotgan holat. Va men endigina bu haqda ochiq gapiryapman”, — deydi Sheron Stoun.

Aktrisa 2001-yilda insultni boshdan kechirgan. Uning qayta tiklanishiga uzoq yillar kerak bo‘ldi, endilikda Stoun doimiy ravishda dorilar qabul qilib yurishi kerak. Unda shuningdek xotira bilan bog‘liq muammolar ham kuzatilmoqda.

 “Men hamma narsani yo‘qotdim. Pullarimni, karyeramni, asrab olgan farzandim uchun vasiylik huquqimni ham qo‘ldan boy berdim. Men hayotimning mazmunini tashkil etgan narsalarni yo‘qotdim. Boy bergan narsalarimning aksar qismini qaytara olmadim, ammo shu onda hayotda shunchaki yashash ham yetarli ekanligini anglamoqdaman”, — deydi aktrisa.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »