Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 9 oyda 716 885 nafar tug‘ilish qayd etilgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDY organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 716 885 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga oshgan. 2023-yilning 9 oyida tug‘ilganlarning:

  • 371 597 nafari o‘g‘il bolalar;
  • 345 288 nafari qiz bolalar.

Nima uchun dunyoda tug‘ilish darajasi pasaymoqda?

Dunyo aholisining qisqarishi haqidagi fikr tashvishli tuyulsa-da, tug‘ilishning kamayishi odatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g‘alabasi sifatida qabul qilinadi.

Mamlakatlar taraqqiyoti va turmush darajasi yaxshilangani sari jamiyat normalari va intilishlarida o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Masalan, ayollar uchun kengaytirilgan ta’lim va karyera imkoniyatlari professional o‘sish va shaxsiy maqsadlarga intilish uchun yo‘l ochadi, ba’zi ayollar oila qurishni kechiktirishni yoki ko‘p farzand ko‘rmaslikni istaydi.

O‘sib borayotgan urbanizatsiya tug‘ilish pasayishining yana bir asosiy omili. Yana bir sabab ayniqsa, 1970-yillardan boshlab, oilani rejalashtirish xizmatlari va kontratseptiv vositalardan foydalanish imkoniyatlarining ortib borishidir.

Kelajakdagi oqibatlari qanday?

Tug‘ilish pasayishining eng katta oqibati — aholining tez qarishi. Bu allaqachon dunyo davlatlarida kuzatilmoqda.

Bolalar kam tug‘ilishi ortidan, mehnatga layoqatli aholiga nisbatan qariyalarning ulushi ortadi. Ushbu demografik nomutanosiblik ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va pensiya tizimlari uchun qiyinchiliklar tug‘diradi.

Tug‘ilishning pasayishi mehnat bozori va iqtisodiy samaradorlikka ham ta’sir qilishi mumkin. Ya’ni bu ishchi kuchi, malakali kadrlar yetishmasligiga va innovatsiyalarning kamayishiga sabab bo‘ladi. Aholining qisqarishi global iqtisodiyotning asosiy toshi bo‘lgan iste’mol talabini kamaytiradi, bu esa rivojlanishning hozirgi modelini qayta qurishga majbur qilishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »