Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekshn muxlislarini ekran qarshisiga mixlab qo‘ygan so‘nggi yillardagi eng yaxshi filmlar haqida gaplashamiz

“Chegarasizlar 4”

Foto: Filmdan kadr

Sentyabr oyida “Chegarasizlar 4” jangovar filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Filmda yillar o‘tib, Barni Ross jamoasi zaiflashgani tasvirlanadi. Keksa odamlar endi bunday vazifalarni bajara olmaydi, yangilar esa yetarlicha tajribaga ega emas. Biroq otryad boshlig‘i hali bitta muammoni hal qila olishlariga umid qilmoqda: xavfli terrorchi Suarto Raxmatni to‘xtatish kerak.

“Forsaj 10”

Foto: Filmdan kadr

Filmda ikki soat davomida Jeyson Momoaning Vin Dizelni ta’qib qilishini tomosha qilish mumkin. 10 yil oldin Dominik yirik kontrabandachining yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lgandi, endi esa kontrabandachining merosxo‘ri undan shafqatsiz qasos oladi.

“Jon Uik 4”

Foto: Filmdan kadr

Oxiri yo‘q janglar va Kianu Rivzning uzun sochlari... Gap qaysi film haqida ketayotganini bilasiz. “Jon Uik 4” avvalgi qismlarning sujetini davom ettiradi. To‘g‘ri, endi uni boshqaruv a’zosi Markiz ta’qib qilmoqda. Bosh qahramon yana bir bor xavfdan qutula olarmikan?

“Mohir mergan”

Foto: Filmdan kadr

Afsonaviy loyihaning davomini kuta-kuta, maktabni bitirib, diplom olib, oila qurishga ham ulgurdik. Gap “Mohir mergan” filmi haqida ketmoqda, unda keksa Pit yangi avlod professional uchuvchilarni tayyorlaydi. Ular orasida uning vafot etgan do‘sti Nikning o‘g‘li Bredli Bredshou ham bor. Uchuvchilar oldida muhim vazifa turibdi, ammo ular baxtli yakundan umid uzgan.

“Yengilmas jangchi RRR”

Foto: Filmdan kadr

1920-yillar. Britaniya gubernatori Skott Adiloboddagi o‘rmonga keladi va Gond qabilasidan bo‘lgan bir qizni majburan olib ketadi. Keyin Kumar Bhem paydo bo‘ladi — u qiz bechorani topib, uni uyiga qaytarish uchun Dehliga boradi. Politsiya xodimi Rama Raju qahramonni qo‘lga olish uchun ko‘ngillilar safiga qo‘shiladi. Keyinchalik dushmanlarning taqdiri bir-biriga bog‘lanib, ular qadrdon do‘stga aylanadi.

 “Hamma har joyda va birdaniga”

Foto: Filmdan kadr

“Oskar”ning 7 tasiga ega chiqqan “Hamma har joyda va birdaniga” filmi o‘zining absurd qora yumori va original sujeti uchun sevib tomosha qilinadi. Evelin kichik kir yuvish xizmatini boshqaradi va ishini oila ishlari bilan birlashtira oladi. Ayolning hayoti uning nusxalari mavjud bo‘lgan boshqa olam mavjudligini bilganida o‘zgaradi. Agar Evelin aralashmasa, dunyo tez orada vayron bo‘lishi mumkin.

“Transformerlar: Yirtqichlar yuksalishi”

Foto: Filmdan kadr

Yangi filmdagi voqealar 1994-yilda sodir bo‘ladi. Arxeolog Elena Uolles ichiga transportatsiya kaliti yashiringan muzey eksponatini topib oladi. Bu kalit boshqa sayyoralarga portal ochadi. Ish paytida artefakt o‘zga olamdagilarni chaqiruvchi signal chiqaradi. Ayyor terrokon va avtobotlar allaqachon Uollesni qidirishga tushgan.

“O‘qdan tez”

Foto: Filmdan kadr

“O‘qdan tez” filmida Bred Pittni ta’qib qilayotgan qotillardan qanday qilib mohirlik bilan chetlab o‘tishini tomosha qiling. Aktyor Xonqizining yollanma odami rolini o‘ynaydi, unga yangi vazifa yuklangan — poyezddagi sayohat paytida kerakli chamadonni o‘g‘irlash. Yollanma o‘g‘ri bu poyezdda ketayotgan har bir odam jinoyatchi ekanligini hali bilmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »