Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastin bosh vaziri Muhammad Shtaye HAMAS va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi sababli G‘azo sektori insonparvarlik falokatiga duch kelayotganini aytdi, deb yozmoqda Wafa.

Arxiv foto: Getty Images

Shtaye G‘azo sektoriga dori-darmon va oziq-ovqat yetkazib berish uchun xavfsizlik koridorlarini saqlab qolishni talab qildi.

“Prezident Mahmud Abbos ushbu yordam oqimini saqlab qolish va yuzlab yaradorlarni Misr kasalxonalariga o‘tkazishni osonlashtirish uchun xalqaro tomonlar bilan intensiv aloqalarni o‘rnatmoqda”, — dedi u.

Isroil HAMAS hujumiga javoban G‘azo sektoriga elektr energiyasi, gaz va suv taʼminotini, shuningdek, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berishni to‘xtatish haqida e’lon qilgandi, buning oqibatida G‘azo og‘ir gumanitar inqirozga yuz tutishi mumkin. Mahalliy aholining aytishicha, 7-oktyabrdan beri hududga gumanitar yordam kirmagan.

G‘azoda 2,3 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi, ularning 80 foizi insonparvarlik yordamiga qaram. Bu hudud bir qator mamlakatlarda terrorchi deb tan olingan HAMAS guruhi tomonidan nazorat qilinadi.

Biroq G‘azoning sohilbo‘yi qismi va havo hududi Isroil nazorati ostida qolmoqda. Shuningdek, Isroil armiyasi G‘azoga qanday yuk va odamlar kirishini nazorat qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »