Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Malika Avazova egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. U to‘rt yildan buyon farzandli bo‘lishni intizor bo‘lib kutgani va uni qo‘llab-quvvatlagani uchun turmush o‘rtog‘idan minnatdor ekanligini aytib o‘tdi.

Foto: Instagram

— Allohimdan bitta farzand so‘ragandik, ikkita farzand bilan siyladi. Turmush o‘rtog‘im bilan birga to‘rt yil davomida farzandli bo‘lishni kutdik. O‘zbekchilikda har xil gap-so‘zlar bo‘ladi, ularni yengishimda turmush o‘rtog‘imning daldasi katta bo‘ldi. Hayotimizda ancha muammoli vaziyatlar bo‘ldi. Chiroyli sabrimizning nishonasi sifatida berilgan egizak farzandlar haqida eshitib quvondik. Hozircha uyqu yo‘q, chunki ular moslashib olishi uchun ozgina vaqt kerak ekan. Yarim kechasi uchda uyg‘onishadi. Ularni parvarishlashda turmush o‘rtog‘im katta yordam beryapti, — deydi aktrisa.

Aktrisa nima sababdan farzandlariga Hasan va Husan ismlarini qo‘ymagani va chaqaloqlarini tashlab kinosyomkalarda ham ishtirok etayotgani haqida so‘zlab berdi.

Foto: Instagram / @malika_avazova_official

— Turmush o‘rtog‘im “O‘g‘il farzandli bo‘lsam, Muhammadali deb ism qo‘yaman”, deb niyat qilardi. Egizak o‘g‘il farzandli bo‘lishimiz haqida eshitib, quvondik va ism tanlashni boshladik. Qaynotam rahmatlining ismi Hasan bo‘lgan, ular ham egizak bo‘lishgan ekan. Takror bo‘lmasin, bobosining ismini o‘g‘illarimizga qo‘ymaylik deb boshqa ism qo‘yishga qaror qildik. O‘g‘illarimizga Muhammadali va Muhammadamin deb ism qo‘ydik.

Farzandli bo‘lganimdan bor-yo‘g‘i to‘qqiz kun o‘tib, kinosyomkada ishtirok etishimga to‘g‘ri keldi. “Yo‘q, borolmayman, hali chillam ham chiqqani yo‘q. Qaynonamning jahli chiqadi”, deyishimga qaramay, rejissor “Kelmasangiz bo‘lmaydi, faqat sizning kadrlaringiz qoldi”, dedi. Farzandli bo‘lmasimdan avval davlat filmlaridan birida suratga tushishga rozi bo‘lgandim. Ular shoshilinch tizer suratga olib, rahbariyatga ko‘rsatishlari kerak ekan. Chaqaloqlarimning uxlash paytini mo‘ljallab, syomkaga bordim va 15 daqiqada tasvirga olish ishlarini yakunlab, uyga qaytdim. Eng qizig‘i, videoni Instagram tarmog‘iga joylasam, hamma tanishlari qaynonamga qo‘ng‘iroq qilib, “Qanaqasiga syomkalarga ketdi?” deb hayron bo‘lishibdi. Hozircha avvalgidek ijodga qaytish niyatim yo‘q. Bolalarimni katta qilib, keyin hotirjam ijod qilaman, — deydi aktrisa Malika Avazova.

Eslatib o‘tamiz, Malika Avazova teatr va kinoda rollar ijro etish bilan birga Toshkent temiryo‘l vokzalida nazoratchi bo‘lib ham ishlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »