Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning Rossiyadagi elchisi Aleksandr Ben Svi Isroil va HAMAS kuchlari o‘rtasida kuchayib borayotgan mojaroda “Hizbulloh” guruhining keng ko‘lamli ishtirok etish xavfi borligini ma’lum qildi.

“Bo‘lishi mumkin. Shunday xavf bor”, — dedi elchi jurnalistlarning bu boradagi savoliga javob berar ekan.

“Umid qilamanki, ‘Hizbulloh’ ham, hududida ‘Hizbulloh’ joylashgan Livan hukumati ham urushga aralashishning oqibatlari haqida yaxshi bilishadi. Chunki javob zarbasi keskin bo‘ladi. Bu Livandagi butun hayot tarzini izdan chiqarib yuboradigan zarba bo‘ladi”, — deya tushuntirdi elchi.
Foto: Reuters
“Ha, xavf bor. Lekin umid qilamanki, bu xavf har ikki tomonga jiddiy zarar keltirishini hamma tushunadi”, — deya qo‘shimcha qildi Aleksandr Ben Svi. 

Avvalroq u G‘azo sektorida yerusti harbiy operatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror hali qabul qilinmagani, Isroil hukumat tegishli masalani muhokama qilishda davom etayotganini xabar qilgandi.

“Shu kunlarda qaror qabul qilinadi. Lekin biz urush holatidamiz, buni bosh vazir juda aniq aytdi. Bunday operatsiya bo‘yicha qaror qisqa fursatda qabul qilinmaydi. Buni hal qilish kerak, bu jiddiy masala. Hozircha hukumat tomonidan bu masalada suhbatlar olib borilmoqda”, — deya fikr bildirgandi Isroilning Rossiyadagi elchisi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »