Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya hukumati falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi norozilik namoyishlarini taqiqladi: rasmiylar bunday chiqishlar “jamoat tartibining buzilishiga olib kelishi mumkin” deb hisoblamoqda. Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin butun mamlakat bo‘ylab prefektlarga yo‘llagan maktubida ma’lum qildi, deb yozmoqda Reuters.

Parij markazida 12-oktyabr kungi namoyishlar kuch bilan tarqatildi
Foto: Reuters

Falastin—Isroil mojarosi boshlanganidan keyin HAMAS butun musulmon olamini 13-oktyabr kuni falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyalar o‘tkazishga chaqirgandi.

Tartibsizlik chiqishidan xavotirlar tufayli Parijda 12-oktyabr kuni falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi ikki namoyish taqiqlandi. Politsiya mitingga kelgan Falastin tarafdorlarini ko‘zni yoshlatuvchi gaz va suv purkagichlar bilan tarqatib yubormoqda.

Fransiyada Yevropadagi eng ko‘p musulmonlar va yahudiylar yashaydi, Yaqin Sharqdagi mojarolar esa mamlakatda keskinlik keltirib chiqarishi mumkin, deb qayd etdi Reuters. Politsiya yahudiylar yashaydigan joylar, jumladan, maktablar va sinagogalarda xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Fransiyada Falastin—Isroil mojarosi boshlanganidan beri yahudiylarga qarshi harakatlar, jumladan maktabda bolalarni qo‘rqitish uchun 20 dan ortiq kishi hibsga olingan. Germaniya yahudiy muassasalari, jumladan, maktab va sinagogalarda xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Londonda ikkita yahudiy maktabi bolalar xavfsizligi uchun 16-oktyabr, dushanbaga qadar yopildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »