Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Bir makon, bir yo‘l” forumida ishtirok etish uchun 17-oktyabr kuni Xitoyga boradi. Tashrif oldidan Putin Xitoy media korporatsiyasiga intervyu berdi. Boshqa narsalar qatorida, Rossiya prezidentidan Ukrainadagi urush va nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish istiqbollari haqida so‘raldi.

Foto: Kremlin

Putin Xitoyning siyosiy yechim topishga urinishlarini qadrlashini, biroq “narigi tomon hech qanday muzokaralar olib borishni istamayotganini” aytdi.

“Ukraina rasmiylari jang maydonida g‘alaba qozonishga, Rossiyani strategik mag‘lub qilishga intilayotganini e’lon qilishdi.

Qarshi hujum deb ataladigan faol harbiy harakatlarni boshlashdi. Bu 4-iyundan beri davom etyapti. Hozircha hech qanday natija yo‘q, faqat katta yo‘qotishlar bor. Yo‘qotishlar juda katta – nisbatan olganda, taxminan har sakkiz (harbiy)dan biri”, — dedi Putin.

Rossiya prezidenti, shuningdek, AQSHning 2014-yilda Ukraina ichki siyosatiga aralashuvi, Donbass aholisining o‘ldirilishi, Kiyevning neytral maqomdan voz kechishi va NATOga qo‘shilish istagi, bajarilmagan Minsk kelishuvlari haqidagi tezislarini takrorladi.

So‘nggi oylarda Rossiya prezidenti Ukraina qo‘shinlari katta yo‘qotishlarga duchor bo‘layotganini bir necha bor ta’kidlagan, ammo u keltirgan ma’lumotlar mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. Putin Ukraina hujumining “muvaffaqiyatsizligi” haqida birinchi marta gapirayotgani yo‘q.

Xitoyga tashrif Xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olishga order berganidan keyin uning MDH davlatlaridan tashqaridagi birinchi safari bo‘ladi. Order berilganidan keyin Putin Rossiyani birinchi marta 15-oktyabr kuni tark etdi — u Bishkekdagi MDH sammitida qatnashdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »