Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukraina bo‘yicha muzokaralarni hech qachon rad etmaganini, biroq Kiyev ularga tayyorligi haqida ochiq gapirishi kerakligini aytdi. Bu haqda Putin Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: “RIA Novosti”
“Biz hech qachon muzokara qilishdan bosh tortmaganmiz, shuning uchun agar narigi tomon xohlasa, buni qilsin. Bu haqda gapirishyapti. Shuning uchun buni aytaman, lekin narigi tomondan hech narsa eshitmayapman”, — dedi Putin.

Rossiya prezidenti AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning Vladimir Putin hozirda “konstruktiv diplomatiya”dan manfaatdor emasligi haqida aytgan so‘zlariga ham izoh berdi. “Tango uchun ikki tomonning ishtiroki kerak”, — degandi Blinken ehtimoliy muzokaralar haqida gapirib.

Bunga javoban Putin “tango yaxshi, ammo Ukraina uchun gopakni (Ukraina xalq raqsi) unutmaslik kerak”, dedi.

“Aks holda ular har doim birovning musiqasi va begonalarning kuyiga raqs tushib yuradi. Aslida, u yoki bu tarzda hamma birdek ‘Barinya’ (rus xalq musiqasi) ostida raqs tushishi kerak, yoki ‘Kazachok’ka. Amerikaliklarga kelsak, ular bunday tangoda raqsga tushishni bilmaydi. Musiqa ajoyib, harakatlar chiroyli. Ammo Qo‘shma Shtatlar hamma narsani kuch pozitsiyasidan yoki iqtisodiy sanksiyalar yoki moliyaviy cheklovlar, harbiy kuch tahdidi yoki undan foydalanish yordamida hal qilishga urinmoqda. Ular kimgadir o‘rgatmoqchi, lekin o‘zlari qanday qilishni bilmaydi yoki bilishni xohlamaydi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Kreml Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish uchun imkoniyat ko‘rmayotganini bir necha bor ta’kidlagan. 11-sentabr kuni prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov “hozirda muzokaralar jarayonini qayta boshlash uchun hech qanday shart-sharoit mavjud emas”, dedi. U Rossiya tomoni va Putin “boshidanoq muzokaralar uchun ochiq ekanini” qo‘shimcha qildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Rossiya Ukraina hududida qolar ekan, urush davom etishini” aytgan. Uning fikricha, muzokaralar yo‘li bilan erishilgan kelishuv abadiy bo‘lmaydi. Shuningdek, u Putin bilan gaplashishga qaror qilganlar “o‘zini aldayotganini” ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »