Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar faqat Ukraina taqdim etgan tinchlik formulasi asosida olib borilishini aytdi. Bu haqda “Korrespondent” xabar berdi.

Foto: AFP

Zelenskiy shu tariqa Ukraina hududlarining bir qismini Rossiyaga berish variantini rad etdi.

“Bizda bitta hujjat bor, bizda Tinchlik formulasi bor, bizning yagona tilagimiz — tinchlik. Uni qanday tasavvur qilishimizni shakllantirdik, hamkasblar bilan ochiq suhbatga tayyormiz”, — dedi siyosatchi.

Ukraina prezidenti 63 ta davlat ushbu tinchlik formulasini amalga oshirishga allaqachon qo‘shilganini aytdi.

Shu bilan birga, Zelenskiy adolatni tiklash va Rossiya rahbariyatini sodir etgan jinoyatlari, jumladan, Boeing MH-17 samolyotining halokati, Buchadagi vahshiyliklar va Mariupolning vayron bo‘lishi uchun javobgarlikka tortish zarurligini qayd etdi.

Ukrainaning tinchlik rejasi qanday edi?

2022-yil noyabr oyida Ukraina prezidenti urushni tugatish bo‘yicha 10 ta shartni ilgari surgandi. Ukraina uchun tinchlik formulasi quyidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Ukrainaning radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligini ta’minlash;
  2. Ukrainaning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
  3. Mamlakatning energetika xavfsizligini ta’minlash;
  4. Barcha mahbuslarni va deportatsiya qilinganlarni ozod qilish;
  5. BMT nizomini amalga oshirish va Ukrainaning hududiy yaxlitligini hamda dunyo tartibini tiklash;
  6. Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish va harbiy harakatlarni to‘xtatish;
  7. Adolatning qaytishi;
  8. Ekotsidga qarshi kurash;
  9. Eskalatsiyaning oldini olish;
  10. Urushning tugashiga erishish;

Zelenskiy Rossiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini tasdiqlashi, o‘z qo‘shinlarini mamlakat hududidan olib chiqib ketishi, shuningdek, urushdan yetkazilgan zararni qoplashi kerakligini ta’kidlagan. 

Bunga javoban Rossiya tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov Ukraina amalga oshirib bo‘lmaydigan shartlarni o‘rtaga qo‘yayotganini aytgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »