Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) prezidenti Muhammad bin Zayd al-Nahayon Dubayda Rossiya va Ukraina prezidentlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, L’Orient-Le Jour gazetasi xabar berdi.

Foto: BAA prezidenti Muhammad bin Zayd al-Nahayon / Getty Images

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Nahayon 30-noyabrdan 12-dekabrga qadar Dubayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan BMTning iqlim bo‘yicha COP28 konferensiyasida prezidentlar uchrashuvini tashkil qilmoqchi. BAA prezidenti allaqachon Rim papasini qo‘llab-quvvatlashiga tayangan, u ham ushbu rejalarga hissa qo‘shish niyatida.

“AQSH prezidenti Jo Bayden Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvni Dubayda tashkil etish rejalari haqida ham ma’lum qilingan. U tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan va zarur yordam ko‘rsatishga tayyor”, — deyiladi xabarda.

Putin va Nahayon uchrashuvi

Putin va Nahayon iyun oyida Sankt-Peterburgdagi iqtisodiy forum doirasida muzokara o‘tkazgandi. Kreml rahbari BAA va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanayotganini aytib, Nahayonga gumanitar masalalarni hal etishdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan.

O‘shanda al-Nahayon BAA Ukrainadagi mojaroni hal qilishda yordam berishga tayyorligini aytgan.

Arab davlatlari urushni tugatish bo‘yicha o‘z hissasini oshirmoqda

5-6 avgust kunlari Saudiyaning Jidda shahrida Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Kiyev o‘zining “tinchlik formulasi”ni taqdim qilishi kerak edi. Yig‘ilishda 40 ga yaqin davlat qatnashgan, Rossiya unga taklif etilmagan.

Muzokaralar davomida Saudiya o‘zining tinchlik rejasini taqdim etgan, u quyidagilarni o‘z ichiga olgan:

  • Ukraina hududiy yaxlitligini saqlash;
  • barcha jabhalarda o‘t ochishni to‘xtatish;
  • BMT nazorati ostida tinchlik muzokaralarini boshlash; 
  • asirlarni almashish.

Biroq Saudiyaning rejasi Kiyevning rus qo‘shinlarni Ukraina hududidan to‘liq olib chiqib ketish talabiga ziddir.

Rossiyaning pozitsiyasi

Rossiya tomoni Jiddaga taklif qilinmagan, Kreml 31-iyul kuni “Rossiya bu uchrashuvni kuzatishini” aytgan. 

TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova Jiddadagi uchrashuvni “Rossiyaga qarshi koalitsiya tuzish”ga urinish sifatida baholashini ta’kidlagan.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 6-avgust kuni “urushni tugatish istagini qoralash qiyin”, deb ta’kidlagan.

tarixiy kontekst va hozirgi voqelikni inobatga olish kerakligini aytgan. Medvedev konfliktning har ikki tomonining ishtiroki kabi shartlar bajarilsagina, tinchlik takliflari muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »