Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kuzda “tinchlik sammiti” o‘tkazishga chaqirdi. U bu hafta Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan muzokaralar mazkur sammitga yo‘l ochishini aytdi. 

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Zelenskiy 5 va 6-avgust kunlari Jiddada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda qatnashadi. Unda 40 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etadi, biroq Rossiyadan vakillar taklif etilmagan.

“Biz sammitni shu yilning kuzida o‘tkazish uchun harakat qilyapmiz. Kuz kelishiga oz qoldi, ammo sammitga tayyorgarlik ko‘rish va davlatlarning ko‘pi unda ishtirok etishi uchun hali vaqt bor”, — dedi Zelenskiy.

Zelenskiy va uning jamoasi ittifoqchilar bilan urushni tezroq tugatish maqsadida “tinchlik sammiti” o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Sammitning kun tartibi Kiyev tomonidan 2022-yil kuzda ishlab chiqilgan 10 banddan iborat rejaga asoslangan.

Undagi tinchlik konsepsiyasi Ukrainaning hududiy yaxlitligini to‘liq tiklash va Rossiya qo‘shinlarini to‘liq olib chiqish, oziq-ovqat, energiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, barcha mahbuslarni ozod qilish va boshqa bandlarni nazarda tutadi. Sammit o‘tkaziladigan joy hali aniqlanmagan. Ukraina va G‘arb rasmiylari Rossiya sammitda ishtirok etmasligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »