Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NBC telekanaliga bergan intervyusida AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning Oq uyga qaytgan taqdirda, Ukrainadagi urushni 24 soat ichida to‘xtatish haqidagi va’dalariga ishonmasligini aytdi.

Foto: Getty Images

Tramp agar u prezidentlikka qayta saylansa, Ukrainadagi mojaroni 24 soat ichida tugatishga tayyorligini bir necha bor ta’kidlagan.

“Agar men prezident bo‘lganimda, Rossiya—Ukraina urushi hech qachon yuz bermagan bo‘lardi, lekin hozir ham prezident bo‘lsam, 24 soat ichida bu dahshatli urushni tugatish bo‘yicha muzokaraga erishardim”, — degandi u yanvar oyidagi bayonotida.

Zelenskiy siyosatchining fikriga qo‘shilmadi. NBC muxbiri Trampning mojaroni tezda hal qila olishi haqidagi savoliga Zelenskiy savol bilan javob berdi: “Nega u shuni avvalroq qilmagan?”.

Shundan so‘ng u Tramp urushni to‘xtata olishiga ishonmasligini aytdi. Ukraina prezidentining fikricha, dunyoda “shunchaki Putin bilan gaplasha oladigan” va jangovar harakatlarga chek qo‘yadigan odamlar yo‘q.

Bundan tashqari, Zelenskiy respublikachilarning Kiyevga harbiy yordamni qisqartirish ehtimoli haqidagi pozitsiyasini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday suhbatlar “Ukraina uchun katta xavf”, ammo bu hech qachon amalga oshmaydi.

Tramp o‘tgan yilning kuzida 2024-yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatini ma’lum qilgandi. G‘alaba qozongan taqdirda u Ukrainadagi mojaroni hatto, “inauguratsiyadan oldin” hal qilishga va’da berdi. U bir necha bor Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik muzokaralari zarurligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, siyosatchi AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga nisbatan qadamlarini tanqid qilib keladi: “U tizimli ravishda, lekin, ehtimol, ongsiz ravishda bizni uchinchi jahon urushiga olib bormoqda”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »