Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina Rossiya bilan muzokara olib borishni taqiqlayotganini va qarshi hujum sababli urushni to‘xtata olmasligini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Putinning so‘zlariga ko‘ra, mazkur taqiqni bekor qilish “muloqot sari birinchi qadam” bo‘lishi mumkin.

“AQSH Ukraina muzokaralarga tayyor deb hisoblasa, unda Ukraina prezidentining muzokaralarni taqiqlovchi farmonini bekor qilsin. Prezident o‘ziga va boshqalarga muzokara olib borishni taqiqlash bo‘yicha qaror chiqardi. AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina muzokaraga tayyor ekanini aytmoqda. Mayli, avval bu farmonni bekor qilishsin. Bu birinchi qadamdir”, — dedi Putin.

Shuningdek, u Rossiya urushni to‘xtata olmasligini, chunki Ukraina qarshi hujumni amalga oshirayotganini aytdi.

“Biz bilan muloqotda bo‘lgan, vositachi bo‘lishni xohlaydigan odamlar urushni to‘xtatishga tayyormisiz, deb yuzlanadi. Xo‘sh, agar qarama-qarshi tomon qarshi kurash olib borayotgan bo‘lsa, qanday qilib urushni to‘xtatishimiz mumkin”, — deya shikoyat qildi Putin.

2022-yil oktabr oyida Ukraina prezidenti Putin bilan muzokara olib borilmaydigan farmonni imzolagan, ammo Rossiya bilan muzokaralar olib borish mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »