Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaga hujumdan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining 100 million dollarlik (75 million funt sterling) Graceful superyaxtasini Gamburgdagi nemis kemasozlik zavodidan Rossiyaga olib o‘tdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

 
Foto: Shutterstock
 

Muxolifatchi Aleksey Navalniy tomonidan tuzilgan Rossiya korrupsiyaga qarshi kurash tashkiloti Putin Ukrainaga hujumdan bir necha hafta oldin yaxtani Rossiyaga zudlik bilan olib o‘tishni buyurganini aniqladi.

“Putin 82 metrli Graceful superyaxtasini 2022-yil 1-fevralgacha 32 million dollarga ta’mirlanayotgan Gamburgdagi kemasozlik zavodidan zudlik bilan olib ketishni buyurgan”, — deyiladi tegishli surishtiruvda.

Kema 7-fevral kuni Gamburgdan Rossiyaning Kaliningrad shahriga olib ketilgan. 23-fevral kuni esa Putin Ukrainaga “maxsus harbiy operatsiya” boshlashga buyruq bergan.

 
Foto: Yaxtaning ichki ko‘rinishi / Bild
 

Bosqindan buyon AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga tegishli xorijdagi aktivlarga sanksiyalar kiritgan va butun dunyo bo‘ylab rus oligarxlariga tegishli o‘nlab superyaxtalarni musodara qilgan.

AQSH hukumatining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi Gracefulni “prezident Vladimir Putin manfaatdor bo‘lgan blokirovka qilingan mulk” deb ataydi.

 
Foto: Yaxtaning ichki ko‘rinishi / Bild
 

Blohm+Voss Gamburg kemasozlik zavodiga 2022-yil 19-yanvarda yuborilgan elektron pochta xabarida shunday deyilgan:

“Yaxta egasi Graceful 1-fevralda Rossiyaga yetkazilishini xohlaydi. Iltimos, 2 smenadagi ekipajni safarbar qiling. Graceful’ning 1-fevralda ketishiga xalaqit beradigan barcha ishlarni tezlashtiring. Egasi modernizatsiyadan, ta’mirlash jarayonidagi kechikishlardan mamnun emas”, — deyiladi Rossiyaning eng yirik yuk tashish kompaniyasi “Sovcomflot” kompaniyalar guruhidan kelgan xatda.

Ta’mirlash ishi bir yildan ortiq davom etishi kutilgan edi. Elektron pochta xabarlarining mazmuni rossiyalik tadqiqotchi jurnalist Mariya Pevchixning surishtiruvida ochiqlangan. Pevchix Navalniy tomonidan tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasiga rahbarlik qiladi.

“Mamlakatning yarmi urushga safarbar qilinganlar uchun ichki kiyim va paypoq uchun pul yig‘ishga, xandaq shamlarini yasashga majbur bo‘lmoqda. Urushni boshlagan odam esa o‘z yaxtasini ta’mirlash va sotib olish uchun faqat 3 milliard rubl sarflaydi”, — deyiladi uning surishtiruvida.

Putinning yaxtalari

Raqs maydonchasiga aylantirilishi mumkin bo‘lgan 15 metrli yopiq hovuzga ega, shuningdek, “Kasatka” kod nomi bilan atalgan Graceful Putin bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta superyaxtalardan biridir.

Putinning eng katta superyaxtasi 1 700 million dollarlik “Shahrizoda” Italiyaning Marina di-Karrara portida ta’mirlanayotgan payt hibsga olingan. AQSH Rossiya prezidenti “Olympia” deb nomlangan 22 million dollarlik kichik superyaxtaga egalik qilishini ham ma’lum qilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »