Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kelgusi qishda Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadro qurolidan foydalanish bilan dunyoni cho‘chitadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: AFP
“Menimcha, Putinning bir yo‘li qoldi — dunyoni yadro quroli bilan qo‘rqitish. U Ukrainani emas, butun G‘arbni qo‘rqitadi, garchi birinchi navbatda Ukraina va ukrainaliklar jabr ko‘rsa-da, u buni amalga oshiradi. U G‘arb hamkorlari orasida birdamlikning nozik joyini topdi”, — dedi u.

Zelenskiyning fikricha, Putin “G‘arbga va birinchi navbatda AQSHga bosim o‘tkazadi, chunki ular ham zaif davrda bo‘ladi, ya’ni saylov vaqti”.

“Prezident Bayden tinchlik har qanday quroldan kuchliroq ekaniga shubha qilmasligi kerak. Bir oz muvozanatni saqlayotgan davlatlar, masalan, Isroilning fikriga ko‘ra, dushmanlarimiz har xil bo’lsa-da, bir xil ma’naviy qadriyatlarga ega ekanimizni tushunishi kerak. Garchi oxir-oqibat Rossiya tinch hayotning har qanday dushmaniga sarmoyador ekaniga ishonaman.
Yadro quroli bilan qo‘rqitish bo‘ladi, bu vaqtdan o‘tish kerak. Qishda blekautga urinish va yadroviy qurol bilan cho‘chitish birga kechadi. Chunki Putin agressiyasining argumentlari yo‘q. U shaxs va siyosatchi sifatida bo‘shashdi”, — dedi Zelenskiy.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »