Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kremlni “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning o‘limida aybdor deb hisoblaganlar safiga qo‘shildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: AFP
“Putin odam sifatida ham, siyosatchi sifatida ham bo‘shashdi. U Prigojinni o‘ldirdi — har ehtimolga qarshi, bizda shunday ma’lumotlar bor. Prigojin vafoti sababli Ukrainada motam kunlari bo‘lmadi. Biz uchun bu bitta terrorchiga kamayishdir”, — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy ruslarning ruhiyati pasayib ketgani, chunki ular “vagnerchi”lar orqasida yashirinib, yollanma askarlarni jang maydoniga tashlashga odatlanganini aytdi. Ukraina prezidenti Putin “Vagner” asoschisining o‘limiga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqidagi xulosaga qanday ma’lumotlar asosida kelganiga aniqlik kiritmadi.

Avvalroq Oq uy ham Rossiya rahbariyati “Vagner” rahbarining o‘limiga aloqadorligi haqida da’vo qilgandi. 

“Barchamiz bilamizki, Kreml o‘z raqiblarini o‘ldirish odati bor. Nima bo‘lgani aniq”, — degan Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer.

AQSH prezidenti Jo Bayden ham ushbu hodisada Rossiya prezidentining roli bo‘lishi mumkinligini aytgandi. 

“Nima bo‘lganini aniq bilmayman. Lekin hayron emasman. Rossiyada ortida Putin turmagan ishlar kamdan kam bo‘ladi. Javob berish uchun menda yetarli ma’lumot yo‘q”, — degan u.

Keyinroq Bayden AQSH Prigojin uchayotgan samolyotning halokatga uchraganini aniqlashga intilayotganini ta’kidladi.

Prigojin aviahalokati

Yevgeniy Prigojin 23-avgust kuni Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan shaxsiy samolyoti Tver viloyatida qulashi oqibatida halok bo‘ldi.

U bilan birga uning “Vagner”dagi safdoshlari ham o‘ldi. Samolyot halokatiga aynan nima sabab bo‘lgani haqida turli xil versiyalar mavjud: bortdagi portlashdan tortib raketa hujumigacha.

Prigojinning dafn marosimi 29-avgust kuni “yopiq formatda” Sankt-Peterburgdagi “Poroxovskoe” qabristonida bo‘lib o‘tdi. Vidolashuv marosimida 30 nafargacha odam ishtirok etdi, faqat yaqinlar va qarindoshlari. “Vagner” rahbari otasining qabri yoniga dafn etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »