Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina razvedkasi “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning 23-avgust kuni aviahalokatda vafot etganiga hali yuz foiz ishonch hosil qilmagan. Razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov Ukrinform’ga bergan intervyusida bu haqda ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr
“Hozirda Dmitriy Utkin (‘Vagner’ qo‘mondoni) va boshqa yo‘lovchilarning o‘limi haqida yuz foiz ishonch bilan gapirishimiz mumkin. Prigojinga kelsak, hali barcha savollar yopilgani yo‘q”, — dedi Yusov.

Prigojin haqidagi fikrini batafsil bayon etish so‘ralganida Yusov quyidagicha javob berdi:

“Men faqat Utkin va Prigojinning boshqa bir qancha sheriklarining o‘limini tasdiqlashimiz mumkinligiga e’tibor qaratmoqchiman. ‘Vagner’ rahbarining o‘ziga kelsak, menimcha, biroz kutishimiz kerak”.

U razvedka faqat tasdiqlangan faktlar bilan ishlashi kerakligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, aviahalokat payti borta10 kishi bo‘lgan, ularning bari halok bo‘lgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi qurbonlar orasida Prigojin borligini tasdiqlagan.

Prigojin aviahalokati

Yevgeniy Prigojin 23-avgust kuni Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan shaxsiy samolyoti Tver viloyatida qulashi oqibatida halok bo‘ldi.

U bilan birga uning “Vagner”dagi safdoshlari ham o‘ldi. Samolyot halokatiga aynan nima sabab bo‘lgani haqida turli xil versiyalar mavjud: bortdagi portlashdan tortib raketa hujumigacha.

Prigojinning dafn marosimi 29-avgust kuni “yopiq formatda” Sankt-Peterburgdagi “Poroxovskoe” qabristonida bo‘lib o‘tdi. Vidolashuv marosimida 30 nafargacha odam ishtirok etdi, faqat yaqinlar va qarindoshlari. “Vagner” rahbari otasining qabri yoniga dafn etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »