Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH 23-avgust kuni aviahalokatda halok bo‘lgan “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning o‘limi haqida bayonot berdi. Bu haqda “Amerika ovozi”ning rus xizmati xabar berdi.

 
Foto: AP Photo
 

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer Prigojinning o‘limida Kreml mas’ul ekanini ilgari surdi.

“Barchamiz bilamizki, Kreml o‘z raqiblarini o‘ldirish odati bor. Nima bo‘lgani aniq”, — dedi u.

AQSH prezidenti Jo Bayden ham ushbu hodisada Rossiya prezidentining roli bo‘lishi mumkinligini aytgandi. 

“Nima bo‘lganini aniq bilmayman. Lekin hayron emasman. Rossiyada ortida Putin turmagan ishlar kamdan kam bo‘ladi. Javob berish uchun menda yetarli ma’lumot yo‘q”, — degan u.

Keyinroq Bayden AQSH Prigojin uchayotgan samolyotning halokatga uchraganini aniqlashga intilayotganini ta’kidladi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Prigojinning o‘limi ortida Kreml turgani mumkinligi haqidagi bayonotlarni “mutlaqo yolg‘on” deb atadi.

Prigojin aviahalokati

Yevgeniy Prigojin 23-avgust kuni Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan shaxsiy samolyoti Tver viloyatida qulashi oqibatida halok bo‘ldi.

U bilan birga uning “Vagner”dagi safdoshlari ham o‘ldi. Samolyot halokatiga aynan nima sabab bo‘lgani haqida turli xil versiyalar mavjud: bortdagi portlashdan tortib raketa hujumigacha.

Prigojinning dafn marosimi 29-avgust kuni “yopiq formatda” Sankt-Peterburgdagi “Poroxovskoe” qabristonida bo‘lib o‘tdi. Vidolashuv marosimida 30 nafargacha odam ishtirok etdi, faqat yaqinlar va qarindoshlari. “Vagner” rahbari otasining qabri yoniga dafn etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »