Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” rahbari matbuot xizmati Yevgeniy Prigojin bilan xayrlashuv “yopiq formatda” bo‘lib o‘tgani va “xayrlashmoqchi bo‘lganlar “Poroxovskoye” qabristoniga tashrif buyurishi mumkin ligini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 
Foto: Getty Images
 

Prigojin 23-avgust kuni Tver viloyatidagi aviahalokat oqibatida halok bo‘ldi. U bilan birga bortda bo‘lgan yana to‘qqiz kishining o‘limi tasdiqlandi. Ular orasida “Vagner” o‘rinbosari Dmitriy Utkin ham bor edi. Dastlab “Vagner” rahbari bortdagi yo‘lovchilar ro‘yxatida bo‘lgani aytildi, ammo Rossiya tergov qo‘mitasi uning o‘limini 27-avgustda tasdiqladi.

Bungacha Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov uning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Kreml Prigojinning dafn marosimida Putin qatnashmasligini ma’lum qildi.

 
Foto: Shot
 

“Shunchaki VIP dafn marosimi”

29-avgust kun bo‘yi jurnalistlar Sankt-Peterburg atrofida dafn kortejlari harakatini kuzatib bordi, biroq Prigojin qayerda va qachon dafn etilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q edi.

“Poroxovskoye” qabristonida Prigojin “taxminan soat 16:00 da” dafn etilgani aytildi. Nega dafn etilgan joy haqida avval xabar berilmagani haqidagi savolga: “Qarindoshlar shuni xohlashdi”, deb javob berildi. “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi asoschisi otasining yoniga dafn qilindi.

 
Foto: Shot
 

Prigojinga Rossiya qahramoni sifatida berilgan harbiy unvonlar, aftidan, dafn marosimida qayd etilmagan. Dafn marosimida 20-30 kishi bo‘lgan, harbiy kiyimdagi odamlar ko‘rinish bermagan.

“20-30 kishi bor edi. Faqat yaqinlar va qarindoshlar, men ularni bilaman. Marosim 40 daqiqacha davom etdi. Hamma fuqaro kiyimida edi, harbiylarni ko‘rmadim. Bu sohada 30 yildan ortiq vaqt davomida ishlayman, men uchun hech qanday g‘ayrioddiy narsa qayd etilmadi, shunchaki VIP dafn marosimi”, — dedi qabriston xodimi.

Sankt-Peterburg maʼmuriyati saytida aytilishicha, bu shahardagi kam sonli “professional” qabristonlardan biri. U yerda XIX asrda Oxta zavodida va artilleriya poligonlarida portlashlarda halok bo‘lgan artilleriyachilar dafn etilgan.

 
Foto: Shot
 
 
Foto: Shot
 

“Qabristonda politsiya yo‘q”

“Vagner” rahbarining yaqin sheriki Valeriy Chekalovning dafn marosimida, Prigojindan farqli o‘laroq, jurnalistlar qatnashishga muvaffaq bo‘lgan. U ham 23-avgust kungi aviahalokatda halok bo‘lgandi.

Dafn marosimiga kelgan erkaklardan biri, agar jurnalistlar “yaxshi ma’noda” suratga olmasa, buning oqibati yomon bo‘lishi, chunki “qabristonda politsiya yo‘qligi”ni aytgan. Chekalovning dafn marosimi bo‘lib o‘tgan qabristonga yuzga yaqin odam kelgan. 

 
Foto: MR7
 

Prigojinning biznes-jeti halokatga uchraganida jami 10 kishi halok bo‘lgan. Federal havo transporti agentligi xabariga ko‘ra, Prigojin va Chekalovdan tashqari yo‘lovchilar ro‘yxatiga “Vagner” rahbari o‘rinbosari Dmitriy Utkin, qo‘riqchilar Sergey Propustin, Yevvgeniy Makaryan, Aleksandr Totmin va Nikolay Matuseyev, shuningdek, fuqarolik uchuvchilari Aleksey Levshin, Rustam Karimov va styuardessa Kristina Raspopova bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »