Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin Tver viloyatida Embraer Legacy 600 biznes-jeti halokatga uchrashidan oldin Markaziy Afrika Respublikasi prezidenti Fosten-Arkanj Tuadera bilan uchrashgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Xabarga ko‘ra, Prigojinning shaxsiy samolyoti 18-avgust kuni MAR poytaxti Bangiga qo‘ngan. Tuadera bilan prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prigojin Rossiyada iyun oyida amalga oshirilgan isyonga urinish respublikadagi “Vagner” faoliyatiga xalaqit bermasligini aytgan.  

“Vagner” rahbari mahalliy hukumat xavfsizligini ta’minlash va “qishloq xo‘jaligiga yangi sarmoyalarni jalb qilish” uchun MARda “Vagner”ning mavjudligini kuchaytirishga va’da bergan.

Uchrashuvda MAR razvedka boshlig‘i Anri Vantset-Lingissara ham ishtirok etgan. Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha ofitserlar hamdo‘stligi vakili “Prigojinning Bangida bo‘lgan-bo‘lmagani haqida aniq maʼlumotga ega emasligini” aytgan.

Ertasi kuni Prigojin Sudanning Tezkor harakat kuchlari vakillari bilan uchrashgan. Delegatsiya Bangiga Prigojin uchun “sovg‘a” bilan yetib kelgan.

“Vagner” Sudanning Tezkor harakat kuchlariga mamlakat armiyasiga qarshi bir qator g‘alabalarni qo‘lga kiritishga yordam bergan. Ulardan biri harbiy korxonalardan biri va Xartumdagi bazani egallab olishdir. Bunga javoban, Sudan Tezkor harakat kuchlari vakillari Prigojinga oltin bergani aytilmoqda.

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil fevral holatiga ko‘ra, MARda 1500 ga yaqin “vagnerchi”lar bor. “Vagner” 2018-yildan beri u yerda faoliyat olib boradi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning aytishicha, Afrika davlatlari rasmiylari Yevropa harbiy kontingentlarining qisqarishi munosabati bilan terrorizmga qarshi kurashda yordam so‘rab “Vagner”ga murojaat qilgan.

Sudan hukumati avvalroq mamlakatda“Vagner” borligini rad etgandi. 

“Ikki yil davomida Sudanda birorta ham ‘Vagner’ jangchisi bo‘lmagan. Bugungi kunda hech kim yo‘q. O‘ylaymanki, bu siz bilishingiz kerak bo‘lgan asosiy narsa”, — degan edi Prigojin.

Prigojin samolyotining halokati va Putinning hamdardligi

23-avgust kuni kechqurun Tver viloyatida biznes-jet halokatga uchradi, OAV xabarlariga ko‘ra, u Yevgeniy Prigojinga tegishli bo‘lgan. Halokatda bortdagi barcha 10 kishi halok bo‘lgan. Federal havo transporti agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar ro‘yxatida “Vagner” asoschisining ismi ham bor.

Prigojinning o‘limi rasman tasdiqlanmagan. Biroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, boshqa rossiyalik siyosatchilar (xususan, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov) uning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

The New York Times, The Wall Street Journal va boshqa nufuzli nashrlar AQSH va Yevropa rasmiylarining aviahalokat borasidagi fikrlarini chop etdi. AQSH rasmiylarining dastlabki bahosiga ko‘ra, Prigojin o‘tirgan biznes-jet bortida bomba portlagan yoki halokatga boshqa turdagi sabotaj sabab bo‘lgan. G‘arb rasmiylari anonimlik sharti bilan NYT’ga aytishicha, ular Prigojinning samolyotini yo‘q qilishga “Vladimir Putin buyruq bergan”, deb hisoblaydi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »