Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

23-avgust kuni kechqurun Rossiyaning Tver viloyatida “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli samolyot qulab tushdi. Undagi yo‘lovchilar ro‘yxati orasida Prigojin bor. “Vagner”ga yaqin Grey Zone Telegram kanali samolyot havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilganini da’vo qilmoqda. Bundan tashqari, uchoq ichidan portlatilgani haqida ham taxminlar mavjud.

Embraer ERG 135 samolyoti “Pulkovo” aeroportida 
Foto: Meduza

Hodisa guvohi bo‘lgan mahalliy aholining halokat joyidan olgan videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Tasvirlarda samolyot boshqaruvni butunlay yo‘qotgani va yerga pala-partish qulaganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, kamida bitta dvigatel ishlashda davom etgani eshitiladi, samolyot osmonda tutunli iz ham qoldirgan.

Bularning barchasi qulashdan oldin portlash sodir bo‘lganini aniq ko‘rsatadi, deb yozmoqda Meduza. Faqat bitta savol qolmoqda: portlash samolyot ichida ro‘y berganmi yoki tashqarisida — ya’ni raketa zarbasi oqibatida sodir bo‘lganmi?

Videodan kadr

“Rosaviatsiya” federal havo transporti agentligi vakillari go‘yo samolyot “portlatilgani”, ya’ni, urib tushirilmaganini aytmoqda. Boshqa manbalarga ko‘ra, barcha variantlar ko‘rib chiqilmoqda.

Samolyot ichidan portlatilgani haqidagi taxminga qarshi dalillar mavjud:

  • Videolardan birida zenit-raketasining inversion iziga o‘xshash bulut ko‘rinadi;
  • Videoda guvohlar samolyot qulashidan oldin ikkita portlash bo‘lgani haqida gapirmoqda. Odatda, bitta nishonga qarshi ikkita raketani uchirish amaliyotda keng qo‘llanadi va nishonni yo‘q qilish ehtimolini oshiradi.
  • Samolyotning ba’zi bo‘laklarida zenit-raketa kallagi izlariga o‘xshash teshiklar ko‘rinadi. Ammo tasvirning sifati past, shuning uchun izlarning tabiatini aniq baholash ilojsiz. Samolyotdan alohida qulab tushgan bo‘laklarda hech qanday iz yo‘q.

Samolyot ichidan portlatilgani haqidagi taxminni qo‘llab-quvvatlovchi dalillar ham bor:

  • Flightradar24 ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot qulashdan oldin 28 ming fut (8,5 kilometrdan ortiq) balandlikka ko‘tarilgan. Bunday balandlikda har qanday mudofaa tizimi ham samolyotni urib tushira olmaydi. Jumladan, ko‘chma zenit-raketa tizimlari (nazariy jihatdan qo‘poruvchilar undan foydalanishi mumkin edi) va hatto barcha qisqa masofali havo mudofaa tizimlari ham bunga qodir emas. Hech bo‘lmaganda o‘rta masofaga mo‘ljallangan kompleks (masalan, “Buk”) talab qilinadi, u samolyot uchadigan havo trassasiga yaqin joylashgan bo‘lishi kerak.
  • Bunday komplekslarning raketalari samolyotga jiddiy zarar yetkazadi. 70 kilogrammlik jangovar kallak 7 mingta mayda elementga ega bo‘ladi. Uning zarbasi oqibatida bunday o‘lchamdagi samolyot maydalanib ketishi kerak edi.

Portlash sabablari haqidagi savol siyosiy jihatdan muhim. Agar samolyot baribir zenit-raketasi bilan urib tushirilgan bo‘lsa, unda Rossiya xavfsizlik kuchlarining bunga aloqasi haqida gapirish mumkin. Bortdagi portlash deyarli har qanday versiyaga imkon beradi (ammo Rossiya rasmiylarining ehtimoliy aralashuvini istisno qilmaydi).

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) qoidalariga ko‘ra, halokat mahalliy vakolatli organ (Rossiyada — Xalqaro aviatsiya qo‘mitasi) tomonidan samolyotni ishlab chiqargan Embraer S.A (Braziliya) kompaniyasi ishtirokida tekshirilishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »