Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden jurnalistlarga bergan intervyusida “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning ehtimoliy o‘limi haqidagi tafsilotlarni bilmasligini aytdi.

“Nima bo‘lganini aniq bilmayman, lekin hayron qolganim yo‘q”, — dedi Bayden.

Jurnalistlarning samolyot halokatida Vladimir Putinni aybdor deb hisoblaysizmi, degan savoliga AQSH prezidenti shunday javob berdi:

“Rossiyada ortda Putin turmagan ishlar kamdan-kam bo‘ladi. Javob berish uchun menda yetarli ma’lumot yo‘q”.

Prigojinning samolyoti halokatga uchradi

23-avgust kuni kechqurun Tver viloyatida “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinga tegishli samolyot halokatga uchradi. Federal havo transporti agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar ro‘yxatida Prigojin, xususiy harbiy kompaniya komandiri Dmitriy Utkin bor edi.

Guruhga yaqin bo‘lgan Grey Zone Telegram kanali Prigojin va Utkinning vafoti haqida xabar berdi. “Vagner”ga aloqador bo‘lgan boshqa kanal Prigojinning taqdiri haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlarni nashr etmaslikka chaqirdi.

Prigojin samolyotining halokati “Vagner” asoschisining isyonidan roppa-rosa ikki oy o‘tgach sodir bo‘ldi.

“Interfaks”ning yozishicha, Prigojinning biznes-jeti qulagan joyda qidiruv ishlari yakunlangan. 10 kishining jasadi topilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »