Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

24-avgustning birinchi yarmiga qadar Yevgeniy Prigojinning o‘limi rasman tasdiqlangani yo‘q. Shu bilan birga, BBC ning “Vagner”dagi olti nafar suhbatdoshi samolyot yo‘lovchilari ro‘yxatida bo‘lgan Prigojinning o‘limini “u yoki bu shaklda” tasdiqladi. Prigojin va “Vagner” qo‘mondoni Dmitriy Utkin halok bo‘lgani haqida 23-avgust kuni kechqurun “Vagner”ga yaqin Grey Zone Telegram kanali va Kremlparast “Sargrad” telekanali xabar bergandi.

Tver viloyatidagi Kujenkino qishlog‘i yaqinida qulagan Prigojinning Embraer samolyoti parchasi. 2023-yil 24-avgust.

Foto: Meduza

Embraer Legacy 600 samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lganlarning jasadi sud-tibbiyot ekspertizasiga olib ketildi, deb xabar bermoqda “Fontanka” va Shot Telegram kanali. Shot ma’lumotlariga ko‘ra, dafn marosimi xizmatlarini ko‘rsatuvchi ikkita mashina Toshkent vaqti bilan soat 06:30 da samolyot qulagan zonaga kirib, soat 8 da u yerdan jo‘nab ketgan. Nashrlarning taʼkidlashicha, jasadlar sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi joylashgan Tver o‘likxonasiga olib ketiladi. Halokat sodir bo‘lgan joyda kriminologlar ishlamoqda.

Foto: “Fontanka”

Samolyotlar parvozini kuzatuvchi Flightradar24 servisi biznes-jet halokati haqidagi hisobotni chop etdi. Samolyot Toshkent vaqti bilan 19:46 da servisga o‘zi haqidagi ma’lumotlarni uzatishni boshlagan. Hisobotdan ma’lum bo‘lishicha, soat 20:10 ga kelib samolyot 28 ming fut (taxminan 8,5 kilometr) balandlikka ko‘tarilgan. Bunday balandlikdagi parvoz 20:19 gacha davom etgan. Bir necha daqiqa o‘tib, samolyot pastlagan, so‘ng yana balandlikka ko‘tarilgan (maksimal — 30,1 ming futgacha, ya’ni taxminan 9,1 kilometr).

Flightradar24 taqvimiga ko‘ra, soat 20:19 da samolyot qulashni boshlagan. Servis matbuot kotibi Yan Petchenik Reuters agentligiga samolyot 30 soniyada 8 000 fut (2,4 kilometr) yo‘qotganini aytdi.

The Bell halokatdan oldin samolyot pastlamagani, balki balandlikka ko‘tarilishni davom ettirganiga e’tibor qaratdi – “ya’ni, halokat tez va kutilmaganda sodir bo‘lgan”. Samolyot qulashi aks etgan videoda uchoq qanoti va dumining bir qismi yo‘q holda yerga tekis yaqinlashayotgani seziladi. Guvohlarning aytishicha, ikkita portlash ovozi eshitilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi terakt bo‘yicha ish ochish uchun hech qanday asos yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant”ga Tergov qo‘mitasining G‘arbiy mintaqalararo tergov boshqarmasi xabar berdi. Samolyot halokatidan keyin TQda xavfsizlik qoidalari va transport vositasidan foydalanish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. “RBK”ning huquq-tartibot idoralaridagi manbasi tergovda sodir bo‘lgan voqeaning barcha versiyalari, jumladan, “uchuvchi xatosi, texnik muammolar va tashqi ta’sirlar” ko‘rib chiqilayotganini aytdi. Ismini oshkor etmagan G‘arb mulozimining Financial Times nashriga aytishicha, undagi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Rossiyaning zenit-raketa majmuasi tomonidan urib tushirilgan. U ushbu ma’lumotni qayerdan olganini oshkor qilmadi.

Jasadlardan birining yonidan Prigojinning telefoni topildi, deb xabar bermoqda Al Jazeera “Vagner”dagi manbasiga tayanib. Prigojinning jasadi hozircha aniqlanmagan, deya qo‘shimcha qildi telekanal suhbatdoshi.

Sankt-Peterburgdagi “Vagner” markazi binosi yonida stixiyali yodgorlik paydo bo‘ldi. “Fontanka” yozishicha, odamlar Zolnaya ko‘chasidagi binoga gullar va shamlar olib kelmoqda. Nashr muxbiri aksariyat odamlar tungi ikkilar atrofida tarqalganini xabar qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »