Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov G‘arb davlatlari vakillarining “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin Kreml buyrug‘i bilan o‘ldirilgani haqidagi bayonotlarini rad etdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

BBC muxbiri Peskovdan Prigojin samolyoti halokatiga Kremlning aloqadorligi haqida aytilayotgan ma’lumotlarga izoh berishni so‘radi.

Bunga javoban Kreml vakili ushbu samolyot halokati va “samolyot yo‘lovchilarining, jumladan, Yevgeniy Prigojinning fojiali o‘limi” atrofida ko‘p taxminlar borligini aytdi.

“Albatta, G‘arbda bu taxminlarning barchasi ma’lum bir burchak ostida taqdim etiladi. Bularning barchasi mutlaqo yolg‘on”, — dedi Peskov.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, “faktlarga asoslanish kerak, hali ko‘p faktlar yo‘q”.

“Ularga tergov harakatlari davomida aniqlik kiritiladi”, — dedi Peskov.

Peskov kecha, 25-avgust kuni prezident Vladimir Putin Tver yaqinidagi samolyot halokati haqida gapirganini esladi.

“Prezident tergov natijalarini kutayotganini aytdi, jarayon yaqin kunlarda yakunlanadi”, — deb qo‘shimcha qildi Kreml matbuot kotibi.

Uning aytishicha, Putin yaqin orada Prigojin bilan uchrashmagan. 

Prigojin samolyotining halokati va Putinning hamdardligi

23-avgust kuni kechqurun Tver viloyatida biznes-jet halokatga uchradi, OAV xabarlariga ko‘ra, u Yevgeniy Prigojinga tegishli bo‘lgan. Halokatda bortdagi barcha 10 kishi halok bo‘lgan. Federal havo transporti agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar ro‘yxatida “Vagner” asoschisining ismi ham bor.

Prigojinning o‘limi rasman tasdiqlanmagan. Biroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, boshqa rossiyalik siyosatchilar (xususan, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov) uning o‘limi munosabat bilan hamdardlik bildirdi.

The New York Times, The Wall Street Journal va boshqa nufuzli nashrlar AQSH va Yevropa rasmiylarining aviahalokat borasidagi fikrlarini chop etdi. AQSH rasmiylarining dastlabki bahosiga ko‘ra, Prigojin o‘tirgan biznes-jet bortida bomba portlagan yoki halokatga boshqa turdagi sabotaj sabab bo‘lgan. G‘arb rasmiylari anonimlik sharti bilan NYT’ga aytishicha, ular Prigojinning samolyotni yo‘q qilishga “Vladimir Putin buyruq bergan”, deb hisoblaydi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »