Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinning o‘limi Ukraina uchun yomon xabar. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: Punch Newspaper

Nashr bosh muharriri o‘rinbosari Paul Rontsxaymer tegishli fikrni ilgari surdi. U Kiyevdan turib Prigojin samolyotining halokatiga munosabat bildirdi. Jumladan, Rontsxaymer “Ukrainadagi odamlar uning o‘limidan xursand bo‘lishgani”ni aytdi. 

Rasmiy tarzda Prigojinning aviahalokatda halok bo‘lgani tasdiqlanmagan. “Rosaviatsiya” u samolyotda bo‘lganini ma’lum qilgan. Bortdagi hamma yo‘lovchi va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.

Jurnalist Rontsxaymer Prigojin Baxmutdagi minglab ukrainalik askarlarning o‘limi, shuningdek, ko‘plab harbiy jinoyatlar va qiynoqlar uchun javobgar ekanini eslatdi.

Boshqa tomondan, Rontsxaymerning so‘zlariga ko‘ra, kamida so‘nggi ikki oy davomida Prigojin Rossiya hukumati uchun beqarorlik omili bo‘lib kelgan va uning harakatlari “dushmanimning dushmani — do‘stim” prinsipi asosida Ukraina uchun foydali bo‘lgan.

“O‘ylaymanki, agar Prigojin haqiqatan ham o‘lgan bo‘lsa, u Putin uchun barqarorlashtiruvchi omil edi va shu sababli Ukraina uchun bu yaxshi yangilik emas. Bu AQSH va Germaniya uchun ham signaldir. Diktator uni mag‘lub etib va o‘rnini egallab bo‘lmasligini tushuntirmoqchi”, — deydi Bild jurnalisti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »