Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tver viloyatida 23-avgust kuni samolyot halokatga uchradi, uning yo‘lovchilari orasida “Vagner” asoschilari Yevgeniy Prigojin va uning o‘rinbosari Dmitriy Utkin ham bor edi. Bortda jami 10 kishi bo‘lgan, jumladan, uch ekipaj a’zosi. Aviahalokatda ularning bari halok bo‘lgani aytilmoqda, garchi Prigojinning o‘limi hali rasman tasdiqlanmadi.

Embraer biznes-jeti Kujenkino qishlog‘i yaqinida qulagan, hududga kirish yo‘li hozirda OMON va politsiya tomonidan to‘sib qo‘yilgan

Foto: Reuters

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bortda o‘n kishi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan.

Al-Jazeera telekanali “Vagner” kampaniyasidagi manbasiga tayanib, Prigojinning telefoni halokat joyidan topilganini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Flightradar24 xabariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan 18:10 da samolyot taxminan 8,5 kilometrga ko‘tarilgan. Bu balandlikdagi parvoz 18:19 gacha davom etgan. Keyin samolyot 9,2 kilometrgacha ko‘tarilib, yana pastlagan. Aviatexnika Moskva vaqti bilan soat 18:20 gacha ma’lumotlarni uzatgan. O‘sha paytda u 6 kilometr balandlikda bo‘lgan.

Foto: Reuters

Tergov voqeaning barcha versiyalarini, jumladan, uchuvchi xatosi, texnik muammolar va tashqi taʼsirlarni ko‘rib chiqmoqda.

Foto: Reuters

Aviahalokat ishi Tergov qo‘mitasining alohida muhim ishlarni tergov qilish bosh boshqarmasi tergovchisi Ivan Sibulga topshirilgan. Ilgari u aviahalokatlarga aloqador shov-shuvli holatlarni tekshirgan.

Foto: Reuters

Halokat paytida osmonda Prigojin foydalangan yana bir samolyot bo‘lgan, uning bort raqami — RA-02748. Flightradar24 xizmati va Fontanka ma’lumotlariga ko‘ra, u Moskva yaqinidagi Ostafyevo aeroportiga qo‘ngan.

Foto: “TASS”

Samolyot qismlaridan biri halokat joyidan 2 kilometr uzoqlikda topilgan. Keyinroq yana 3,5 kilometr uzoqlikda samolyotning dum qismi aniqlangan.

Foto: “RIA Novosti”

Samolyot Bologovskiy tumanidagi Kujenkino qishlog‘i yaqinida qulagan. Qishloq Tver viloyatining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Moskvagacha bo‘lgan masofa taxminan 300 kilometrni tashkil qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »