Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning samolyoti qulab tushganiga munosabat bildirdi. Samolyotda bo‘lgan yo‘lovchilar ro‘yxati orasida Prigojin bor. Bu haqda “RBK-Ukraina” xabar berdi.

Foto: Reuters

Zelenskiy Prigojin samolyoti halokatiga Ukrainaning aloqadorligini rad etdi.

“Ukraina samolyot bo‘yicha gapirganda va dunyo mamlakatlariga murojaat qilganda buni nazarda tutmagan edik, balki qo‘llab-quvvatlovni xohlagandik.

Garchi, ehtimol, bu ham qaysidir ma’noda yordam beradi. Birinchidan, bu holatga bizning hech qanday aloqamiz yo‘q, bu aniq. Aviahalokatga kimning aloqasi borligini hamma tushunadi”, — dedi Zelenskiy.

Prigojin samolyoti halokati haqida nima ma’lum?

23-avgust kuni Rossiyaning Tver viloyatida “Vagner” rahbariga tegishli samolyot halokatga uchradi, uning bortida 10 kishi bo‘lgan. “Rosaviatsiya” samolyot yo‘lovchilari ro‘yxatida Prigojin va uning o‘rinbosari Dmitriy Utkin borligini ma’lum qildi. Rasmiy ravishda, “Vagner” rahbarining o‘limi hali tasdiqlanmagan.

Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari qutqaruvchilar samolyotdagi barcha 10 yo‘lovchining jasadini topgani haqida xabar bergan. Shu bilan birga, samolyot havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan yo‘q qilingani, portlatilgani haqida versiyalar bor. 

“Rosaviatsiya”ning maxsus tuzilgan komissiyasi samolyotning qulash holati va sabablarini o‘rganishga kirishgan. Mutaxassislar “qora qutilar”dagi yozuvlarni topib, o’rganib chiqishi kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »