Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Flightradar24 xizmati Tver viloyatida halokatga uchragan “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli Embraer-135 biznes-jeti parvozi haqida hisobot berdi.

Foto: JetPhotos

Samolyot parvoz ma’lumotlarini UTC 14:46 (Moskva vaqti bilan 17:46) da uzatishni boshlagan. Aviatexnika Moskva vaqti bilan 18:10 da 28 ming fut (taxminan 8,5 kilometr) balandlikka ko‘tarilgan. Parvoz 18:19 gacha davom etgan. Shundan so‘ng uchoq tartibsiz tarzda balandlikka (maksimal 30,1 ming fut yoki 9,2 kilometrgacha) ko‘tarila boshlagan va yana pastga tushgan.

Moskva vaqti bilan soat 18:20 gacha biznes-jet parvozi haqida ma’lumot berilgan, o‘shanda samolyot 19,7 ming fut (taxminan 6 kilometr) balandlikda bo‘lgan.

Infografika: Flightradar24

Flightradar24 matbuot kotibi Yan Petchenik aniqlik kiritishicha, Prigojinning samolyoti 30 soniyada 8000 fut (2,4 kilometr) balandlikdan qulagan.

Shundan so‘ng, samolyot ma’lumotlarni uzatmagan, biroq Flightradar xizmati parvozning so‘nggi daqiqalari haqidagi ayrim ma’lumotlarni, jumladan, balandlik, tezlik, vertikal tezlikni kuzatib borgan.

Infografika: Flightradar24

Prigojin samolyoti halokati: “Rosaviatsiya” bortda “Vagner” rahbari bo‘lganini tasdiqladi

23-avgust kuni Tver viloyatida Embraer-135 samolyoti halokatga uchradi. Samolyotda 10 kishi bo‘lgan, barchasi halok bo‘lgan. “Rosaviatsiya” samolyotdagi yo‘lovchilari ro‘yxatini e’lon qilgan:

  • Prigojin Yevgeniy
  • Propustin Sergey
  • Makaryan Yevgeniy
  • Totmin Aleksandr
  • Chekalov Valeriy
  • Utkin Dmitriy (“Vagner”qo'mondoni)
  • Matuseyev Nikolay

Ekipaj a’zolari:

  • Levshin Aleksey — qo‘mondon;
  • Karimov Rustam — ikkinchi uchuvchi;
  • Raspopova Kristina — styuardessa.

Aviahalokatga terakt sabab bo‘lgani ham ilgari surilgan, ammo aniq holatlar ekspertlar tomonidan aniqlanmoqda. Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 263-moddasi harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »