Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bortida “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin bo‘lgani aytilayotgan samolyot Prigojinning hayotiga suiqasd oqibatida halokatga uchragan, deb yozmoqda The Wall Street Journal amerikalik rasmiylarga tayanib. AQSH rasmiylarining dastlabki bahosiga ko‘ra, Prigojin o‘tirgan biznes-jet bortida bomba portlagan yoki halokatga boshqa turdagi sabotaj sabab bo‘lgan.

Foto: “Kommersant”

The New York Times Amerika va G‘arb rasmiylariga tayanib yozishicha, falokatning asosiy versiyasi — portlash. Ularning so‘zlariga ko‘ra, portlashga bortga o‘rnatilgan bomba yoki boshqa portlovchi moslama sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo boshqa versiyalar, masalan, qalbaki yonilg‘i quyilgani ham ko‘rib chiqilmoqda. AQSH razvedka hamjamiyati samolyot halokatiga nima sabab bo‘lganini aniqlashning dastlabki bosqichida, deb ta’kidladi CNN.

AQSHning razvedkachi sun’iy yo‘ldoshlari halokat joyi yaqinida raketa uchirilgani belgisini topmadi, biznes-jetning “yer-havo” sinfidagi raketa bilan urilganiga ham dalillar yo‘q. Bu haqda NYT va WSJ o‘z manbalariga tayanib yozadi. Shu bilan birga, Reuters manbalari AQSH rasmiylarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot “yer-havo” raketasi bilan urib tushirilganini aytgan. Bunday versiyani Financial Times gazetasiga G‘arbning anonim rasmiysi ham aytgan. Avvalroq “Vagner”ga aloqador Grey Zone Telegram kanali samolyot raketa bilan urib tushirilganini da’vo qilgandi. Harbiy ekspertlar ham versiyalardan biri sifatida raketa zarbasini keltirdi.

CNN telekompaniyasi biznes-jet qulagan joyning radar tasvirini chop etdi. Unga asoslanib, jurnalistlar samolyot yerga qulaganda uning korpusi deyarli butun bo‘lgan, degan xulosaga keldi.

AQSH va Yevropa rasmiylari anonimlik sharti bilan NYT ga aytishicha, ular Prigojinning samolyotni yo‘q qilishga “Vladimir Putin buyruq bergan”, deb hisoblaydi. Gazeta G‘arb razvedkasining yuqori martabali mulozimiga tayanib, “ko‘plab belgilar” Prigojin halokatga uchragan samolyot bortida bo‘lganini tasdiqlashi haqida yozdi. Amerikalik manbalarning aytishicha, AQSH razvedkasi Prigojinning o‘limini tasdiqlamagan, biroq bir qancha rasmiylar Prigojin halok bo‘lganini aytgan.

“Prigojin vafot etgan bo‘lishi mumkin”,dedi AQSH Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder. “Vagner” uning o‘limini rasman tasdiqlamadi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi hozircha terakt bo‘yicha ish qo‘zg‘atish uchun asoslar yo‘qligini bildirdi – tergov parvoz xavfsizligi qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha olib borilmoqda. Shot Telegram-kanaliga ko‘ra, tergov samolyotning qo‘nish qismida portlovchi qurilma bo‘lgani versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Mash ma’lumotlariga ko‘ra, “o‘q-dorilarga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik” ham halokat versiyalaridan biri sifatida qaralmoqda: halokat joyida o‘q-dorilar va granatalar topilgan. Shu bilan birga, “Moskovskiy komsomolets” gazetasining xabar berishicha, uchishdan avvalroq samolyot biznes-jetidagi turbo-muzlatkich buzilgani sababli bir oyga ta’mirlashga yuborilgan — ta’mirlash paytida samolyot Sheremetyevoda ochiq osmon ostida turgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »