Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tver viloyatida yuz bergan aviahalokatda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin o‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: “TASS”

O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR) rahbari Denis Pushilin bilan uchrashuvda Putin Prigojin “taqdiri murakkab, ammo iste’dodli odam” bo‘lganini aytdi.

“Haqiqatan ham, birlamchi ma’lumotlar ‘Vagner’ kampaniyasining xodimlari samolyotda bo‘lganini ko‘rsatsa, shuni ta’kidlashni istardimki, ular ‘Ukrainada neonatsistlar rejimiga’ qarshi kurash bo‘yicha umumiy ishimizga katta hissa qo‘shgan. Biz buni eslaymiz, bilamiz va unutmaymiz.

Men Prigojinni juda uzoq vaqtdan beri: 1990-yillarning boshidan beri taniyman. U taqdiri murakkab, hayotda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan odam edi. Kerakli natijalarga erishdi. U iqtidorli inson, iqtidorli tadbirkor edi. Nafaqat mamlakatimizda balki chet elda, xususan, Afrikada ham faol ishladi. U yerda neft, gaz, qimmatbaho metallar va toshlar bilan shug‘ullangan”, — dedi Rossiya prezidenti.

Shuningdek, u aviahalokat bo‘yicha tergov to‘liq hajmda olib borilishi va yakunlanishini aytdi. Putin aviahalokatda halok bo‘lgan insonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Prigojin samolyoti halokati haqida nima ma’lum?

23-avgust kuni Rossiyaning Tver viloyatida “Vagner” rahbariga tegishli samolyot halokatga uchradi, uning bortida 10 kishi bo‘lgan. “Rosaviatsiya” samolyot yo‘lovchilari ro‘yxatida Prigojin va uning o‘rinbosari Dmitriy Utkin borligini ma’lum qildi. Rasmiy ravishda, “Vagner” rahbarining o‘limi hali tasdiqlanmagan.

Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari qutqaruvchilar samolyotdagi barcha 10 yo‘lovchining jasadini topgani haqida xabar bergan. Shu bilan birga, samolyot havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan yo‘q qilingani, portlatilgani haqida versiyalar bor. 

“Rosaviatsiya”ning maxsus tuzilgan komissiyasi samolyotning qulash holati va sabablarini o‘rganishga kirishgan. Mutaxassislar “qora qutilar”dagi yozuvlarni topib, o’rganib chiqishi kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »