Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Tver viloyatida “Vagner” rahbari Yevgeniy Pirgojinga tegishli samolyot halokatga uchradi, bortdagi 10 kishining bari halok bo‘ldi. Samolyot yo‘lovchilari orasida Prigojin bo‘lgani ma’lum qilindi, ammo uning o‘limi tasdiqlanmadi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov uning oilasiga hamdardlik bildirdi. Mirror nashri “Vagner” rahbarining ommaga ko‘rinish bermaydigan oilasi haqida ma’lumot berdi.

Foto: East2West

Xabarga ko‘ra, Yevgeniy Prigojinning rafiqasi Lyubov Prigojina farmatsevt va tadbirkor ayol hisoblanadi. U Sankt-Peterburgdagi “Muzey shokolada” deb nomlanuvchi butiklar tarmog‘iga egalik qiladi.

2012-yilda u Crystal Spa & Lounge spa-markazini ochgan, u 2013-yilda Perfect Urban Day Spa kategoriyasida uchinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, Prigojina bir qator kurort va sog‘lomlashtirish markazlarini ishga tushirgani ta’kidlanadi.

Foto: Lyubov Prigojina / Spa&Management

Prigojinning uch nafar farzandi borligi aytilmoqda. Ikki qiz (Polina va Veronika) hamda bir o‘g‘il (Pavel). Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan avval Prigojinning farzandlari Yevropa Ittifoqi hududida erkin harakatlana olgan, biroq hozirda ularning harakati cheklangan. “Vagner” rahbarining oilasi omma e’tiboridan uzoqda hayot kechiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »