Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevgeniy Prigojinning o‘limi “Vagner” biznes imperiyasini nazorat qilish uchun kurash boshlanishini anglatadi. Tahlilchilar “Putin oshpazi”ning vafoti qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini prognoz qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Sputnik

Tahlilchilarga ko‘ra, Prigojinning ehtimoliy o‘limi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qisqa muddatda kuchliroq qilib, undan zaif ko‘rinishni chetlashtiradi. Biroq bu uni jangchilarni urushning eng qonli nuqtalariga yuborish va butun Afrika bo‘ylab Rossiya manfaatlarini ilgari surish Kremlga foydali ekani haqidagi da’volaridan mahrum qiladi.

24 soatlik sukutdan so‘ng Putin Tver viloyatida halokatga uchragan samolyot bortida bo‘lgan barcha 10 kishining oila a’zolariga “samimiy hamdardlik” bildirdi va Prigojinni “iqtidorli tadbirkor” sifatida maqtadi. Samolyotning qulashiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas.

U to‘liq tergov o‘tkazishga va’da berdi, ammo uning natijasi Prigojin isyon uyushtirgani uchun qasos sifatida o‘ldirilgan degan keng tarqalgan ishonchning o‘rnini egallashi dargumon.

AQSH samolyot urib tushirilganiga oid bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda, jumladan, rasmiylar u “yer-havo” toifasidagi raketa nishoni bo‘lgani haqida gapirgan.

Tahlilchilar fikricha, Kremlning ishtiroki haqidagi taxmin haqiqatdan ham Putinning maqsadlariga mos kelishi mumkin.

Samolyot halokati sabablari nima bo‘lishidan qat’i nazar, hamma buni qasos sifatida qabul qiladi. Putin, shuningdek, ko‘plab xavfsizlik amaldorlari va harbiylar nuqtai nazaridan Prigojinning o‘limi har qanday potensial izdoshlari uchun saboq bo‘lishi kerak, — deydi “R.Politik” konsalting kompaniyasi asoschisi Tatyana Stanovaya.

Noto‘g‘ri faraz

Aviahalokat Prigojin va uning “Vagner” yollanma askarlari Moskvaga marsh boshlashini e’lon qilganidan ikki oy o‘tib sodir bo‘ldi. O‘tmishda sotqinlarga nisbatan nafratini tilga olgan Putin buni “orqadan pichoq urish” deb atadi.

Isyonga urinishdan so‘ng, Prigojin Rossiya mudofaa rahbariyati bilan nizosiga barham berdi. U Kreml bilan Belarusga ketishini nazarda tutgan kelishuvga qaramay, Rossiyaga erkin kirib-chiqdi.

Hozirda Rossiya tomonidan “xorijiy agent” deya ta’riflangan Kremlning sobiq spikeri Abbos Gallyamovning aytishicha, Prigojin o‘z faoliyatining ko‘lami va ahamiyati tufayli Putin uchun o‘zini ahamiyatli shaxs hisoblagan.

Bularga Afrikadagi keng ko‘lamli operatsiyalar sabab bo‘lgan. Prigojin u yerda oltin va olmos qazib olish uchun imtiyozlar evaziga Mali va Markaziy Afrika Respublikasi kabi mamlakatlarda yollanma xizmatlarini kengaytirgan.
Kreml buni xususiy tijorat amaliyoti sifatida ko‘rsatgan, aslida “Vagner”dan Fransiya va AQSH kabi G‘arb davlatlari bilan raqobat qilib, qit’ada Rossiya ta’sirini kengaytirish uchun foydalangan.
Prigojin Putin bularning barchasini xavf ostiga qo‘yishni xohlamaydi deb o‘ylagan. U Putin uchun barcha potensial isyonchilarga signal yuborish qanchalik muhimligini e’tiborsiz qoldirgan, — ta’kidlaydi Gallyamov.

“Taxtlar o‘yini”

Ammo Prigojinning o‘limi tasdiqlansa, Putinga yo‘qotishlarsiz tushmaydi. Tahlilchilarning aytishicha, bu “Vagner”ning ulkan biznes imperiyasini nazorat qilish uchun tartibsiz kurashga olib keladi.

Mudofaa vazirligi bilan qo‘shilishga tayyor pragmatistlar va ijtimoiy media kanallarida allaqachon o‘z g‘azabini chiqarayotgan o‘ta millatchi fraksiya o‘rtasida bo'linishga olib keladi.
O‘ylaymanki, u ko‘p jihatdan “Taxtlar o‘yini” yoki “Soprano” kabi muhitga aylanishi mumkin, bunday holatda kichikroq fraksiyalar va kichikroq “Vagner” guruhlari raqobatlashadi. Uzoq muddatda, menimcha, bu Rossiya uchun strategik yo‘qotish bo‘ladi, — dedi u.

Londonda joylashgan RUSI tahlil markazi tahlilchisi, “Rossiya Afrikada” kitobi muallifi Samuel Ramanining aytishicha, Prigojinning keng tarmog‘ining yo‘qolishi Putin uchun salbiy bo‘ladi.

U Prigojin qit’ada o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan ko‘plab shaxsiy aloqalarini, jumladan Mali va Markaziy Afrika Respublikasi kabi sanksiyalar ostidagi mamlakatlardan oltin va olmoslarni eksport qilish uchun zarur bo‘lgan aloqalarni yo‘qotadi, — deydi Ramani.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan urush olib borishda eng samarali ikki shaxsning qulashi Moskvaning kelgusi yilda davomli hujum operatsiyalarini o‘tkazishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Agar Putin Prigojinning o‘limiga javob bersa, bu Rossiya prezidentining “shafqatsiz repressiyaga tayyor” ekanidan dalolat beradi.

Aviahalokat rus mediasi Rossiyaning Ukrainadagi urush harakatlarining sobiq qo‘mondoni Sergey Surovikin Rossiya havo kuchlari rahbari lavozimidan chetlatilgani haqida xabar bergan kunning o‘zida sodir bo‘ldi. Keng tarqalgan, ammo tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, Surovikin Prigojin bilan isyonga urinishda hamkorlik qilgan.

Ammo bu zaiflikni ham ko‘rsatadi, chunki u ilgari o‘z koalitsiyasiga qo‘shib, ularni tinchlantirishga qodir bo‘lgan ultramillatchilarni bostirish uchun hozir kuch ishlatishi kerak. Bu Putinning 2024 yildan keyingi barqarorligi haqida yaxshi signal emas, — dedi Ramani.

Melburndagi La Trobe universitetining rossiyalik eksperti Robert Horvat ham Putinning pozitsiyasini “zaif” deb biladi.

Prigojinni o‘ldirish bilan bog‘liq muammo shundaki, u o‘n minglab “Vagner” yollanma askarlari tomonidan qasos olish harakatlariga olib kelishi mumkin, — deydi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »