Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Braziliya Aviahalokatlarini tekshirish va oldini olish markaziga (CENIPA) “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) asoschisi Yevgeniy Prigojinning o‘limiga sabab bo‘lgan Embraer Legacy 600 samolyoti halokati bo‘yicha hozircha xalqaro qoidalarga muvofiq tekshiruv o‘tkazishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 
 
Foto: AP Photo

Braziliya markazi avvalroq tergov harakatlarida ishtirok etish haqida so‘rov yuborgan. Prigojin foydalangan Embraer biznes-jeti ishlab chiqaruvchisi Braziliya kompaniyasi bo‘lib, shuni inobatga olgan holda, Braziliya tergovda yordam berishni taklif qilgan, deb yozadi Reuters. Shu bilan birga, CENIPA bunday hamkorlik “aviatsiya xavfsizligini yaxshilashga” yordam berishini ta’kidlagan, ammo bu faqat xalqaro qoidalarga muvofiq tekshiruv o‘tkazilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Reuters qayd etishicha, Rosaviatsiya CENIPA’ga rad javobi berishga haqli, chunki Prigojinning samolyoti xalqaro emas, balki ichki reysni amalga oshirayotgan edi. Braziliya tomoni kelajakda ushbu turdagi samolyotlar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarning oldini olishga intilmoqda, biroq rossiyalik hamkasblarining xatti-harakatlari CENIPA va samolyot ishlab chiqaruvchisi Embraer uchun qiyinchiliklar tug‘dirmoqda, deb ta’kidlaydi agentlik. Rossiyaning Braziliya taklifini qabul qilishdan bosh tortishi “shaffof tergov bo‘lmasligini” ko‘rsatadi, dedi Reuters manbasi, aviahalokatlarni tekshirish bo‘yicha ekspert Jeff Gazzetti. 

Prigojinning dafn marosimi harbiy ehtiromlarsiz o‘tdi 

23-avgust kuni aviahalokatda vafot etgan “Vagner” asoschisining dafn marosimi 29-avgust kuni Sankt-Peterburgdagi Poroxov qabristonida bo‘lib o‘tdi. Marosim yopiq formatda o‘tkazildi. 

“Vagner” yollanma askarlari va Prigojinning boshqa tarafdorlari dafn marosimiga taklif qilinmagan — OAV xabarlariga ko‘ra, marosimda faqat uning yaqinlari ishtirok etgan. “Vagner” XHK rahbarini dafn etish paytida harbiy odatlarga ham rioya qilinmagan, aslida esa, prezident farmoniga ko‘ra, Rossiya Qahramoni unvoniga ega bo‘lgan odamlarning dafn marosimi tegishli jarayonlar bilan o‘tishi kerak. 

Aviahalokat “Vagner” isyonidan ikki oy o‘tib yuz berdi 

Yevgeniy Prigojinga tegishli biznes-jet Moskvadan Sankt-Peterburgga ketayotganda Tver viloyatida halokatga uchradi. Samolyot bortida uch nafar ekipaj a’zosi va yetti nafar yo‘lovchi, jumladan Prigojinning o‘zi va XHK asoschilaridan biri Dmitriy Utkin bo‘lgan. 

Ommaviy axborot vositalarida samolyot qulashi sabablarining versiyalari orasida bortda bomba portlashi va zenit-raketa bilan urib tushirilishi bor.

Aksariyat siyosiy tahlilchilar Rossiyada voqeadan roppa-rosa ikki oy oldin harbiy isyon uyushtirgan Prigojinning o‘limiga maxsus xizmatlar aloqador deb hisoblayapti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »