Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tergov qo‘mitasi “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin 23-avgust kuni Tver viloyatidagi aviahalokatda halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan 10 kishining shaxsiga aniqlik kiritildi. Ular orasida Prigojin va “Vagner” o‘rinbosari Dmitriy Utkin ham bor. Bungacha Rosaviatsiya samolyot yo‘lovchilari ro‘yxatida Yevgeniy Prigojin bo‘lganini tasdiqlagandi. Ammo Rossiya Tergov qo‘mitasi jasadlar kuyish alomatlari sababli tanib bo‘lmaydigan darajaga kelgani uchun ularni molekulyar-genetik ekspertizadan o‘tkazgandi.

“Tver viloyatidagi aviahalokatni tergov qilish doirasida molekulyar-genetik ekspertiza yakunlandi. Ularning natijalariga ko‘ra barchaning shaxsi aniqlandi, ular parvoz varaqasida ko‘rsatilgan ro‘yxatga to‘g‘ri keladi”, — deydi Rossiya Tergov qo‘mitasi.

Samolyotda bo‘lgan yo‘lovchilar ro‘yxati:

  • Prigojin Yevgeniy;
  • Propustin Sergey;
  • Makaryan Yevgeniy;
  • Totmin Aleksandr;
  • Chekalov Valeriy;
  • Utkin Dmitriy (“Vagner”qo‘mondoni)
  • Matuseyev Nikolay.

Ekipaj a’zolari:

  • Levshin Aleksey — qo‘mondon;
  • Karimov Rustam — ikkinchi uchuvchi;
  • Raspopova Kristina — styuardessa.

Prigojin samolyoti halokati

Rossiyaning Tver viloyatida 23-avgust kuni “Vagner” rahbari Yevgeniy Pirgojinga tegishli samolyot halokatga uchradi, bortdagi 10 kishining bari halok bo‘ldi. Samolyot yo‘lovchilari orasida Prigojin bo‘lgani ma’lum qilindi, ammo uning o‘limi tasdiqlanmagandi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov uning oilasiga hamdardlik bildirdi.

“Men Prigojinni juda uzoq vaqtdan beri: 1990-yillarning boshidan beri taniyman. U taqdiri murakkab, hayotda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan odam edi. Kerakli natijalarga erishdi. U iqtidorli inson, iqtidorli tadbirkor edi. Nafaqat mamlakatimizda balki chet elda, xususan, Afrikada ham faol ishladi. U yerda neft, gaz, qimmatbaho metallar va toshlar bilan shug‘ullangan”, — degan Putin.

Peskov “Vagner” rahbarining o‘limiga Putin aloqadorligini rad etdi. Tegishli fikrni Belarus rahbari Aleksand Lukashenko ham ilgari surdi. U Prigojin undan xavfsizlik kafolatlari so‘ramagani va “Vagner” Belarusda qolishini aytdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham voqeaga munosabat bildirdi va Ukrainaning bunga aloqadorligini rad etdi. U aviahalokat ortida kim turganini hamma tushunishini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »