Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik muxolifatchi Dmitriy Gudkov “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning taqdiri Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning boshiga ham tushishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

 
 
Foto: “RIA Novosti”
 
 

Gudkovning so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” rahbari o‘limidan so‘ng, Rossiya xavfsizlik kuchlari mamlakatda yo‘q qilinadigan navbatdagi nufuzli shaxslarni qidiradi. Bunday harakatlarga sabab, agar Rossiyada “qiyinchilik davri” boshlansa, xavfsizlik kuchlari yo‘q bo‘lib ketishidan qo‘rqishdir.

Siyosatchining ta’kidlashicha, birinchi nomzod Checheniston rahbari Qodirovdir. Ayni paytda uni “Putinning piyoda askari” deb atashadi, garchi u Checheniston urushlaridan birida “ruslarning qotilligi” bilan maqtangan. Xo‘sh, nega bunday sodiq odamni o‘ldirish kerak?

Putin Rossiya hukumatida mavjud bo‘lgan turli ziddiyatli guruhlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatuvchi vazifani bajargan. Shuning uchun, tashqaridan bu kuch monolit va birgalikda harakat qiladiganday ko‘rinadi. Biroq, Prigojin bilan bo‘lgan voqealar buning aksini — “Rossiya prezidenti o‘z rolini bajarmaganini” ko‘rsatdi.

Putin Kremlning turli fraksiyalari o‘rtasida hakam rolini o‘ynashni to‘xtatdi. Aniqrog‘i, u endi bu rolga dosh bera olmadi. Mojarolar tashqi dunyoga kirib bormoqda, — deb tushuntirdi Gudkov.

Siyosatchi Qodirovning qo‘shinlari va ta’siri borligi, shu uchun Rossiya xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnash kelishi mumkinligini eslatdi:

Qodirov Rossiya davlatchiligining eng katta raqiblaridan biri. Uning o‘z armiyasi bor, ular yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Qodirov esa hokimiyat apparatidan tashqarida ham katta ta’sirga ega, — dedi Gudkov va shu sababli u “nishonga olinishi” mumkinligini aytdi.

U Checheniston rahbari bilan keskinlashuvdan tashqari, ruslar Rossiya xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ham ko‘rishi mumkinligini bildirdi. 

Ichki taranglik tobora kuchayib bormoqda, — deya xulosa qildi Gudkov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »