Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikadagi navbatdagi saylovlarda ishtirok etishini ma’lum qildi.

Foto: “TASS”
“Meni chetlatib, o‘rnimga boshqa odamni qidirishayotgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Hech kim o‘rnimga odam qidirmayapti, qidirishilariga ham yo‘l qo‘ymayman. Muddat tugagach, Allohning izni bilan yana saylovda qatnashaman va agar xalq saylasa, ishlashda davom etaman”, — dedi Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanalida e’lon qilgan videoda.

U aholini “mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishdan manfaatdor”larning yo‘l-yo‘riqlariga ergashmaslikka chaqirdi.

Mart oyida Qodirov o‘zining “og‘ir kasalligi” haqidagi xabarlarni rad etib, “sog‘lom va kuch-quvvatga to‘la” ekanini da‘vo qilgandi.

“Avvalgidek sport bilan shug‘ullanyapman, tog‘larga chiqyapman, sayr qilyapman, respublika taraqqiyotiga oid muhim masalalarni hal qilyapman”, — deb yozdi Checheniston rahbari o‘zining Telegram kanalida.

Shuningdek, u qo‘lida tibbiy asbob emas, balki elektron tasbeh taqib yurganini tushuntirdi. Iyul oyida Checheniston rahbari Davlat Dumasi deputati Adam Delimxonov bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda uning kasalligi va Delimxonovning g‘oyib bo‘lgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lganidan keyin efirga chiqdi. Videoda ular oshxonada choy ichib o‘tirib, “hamma shayton va g‘iybatchilarga” murojaat qilgan.

Qodirov 2007-yildan beri Checheniston rahbari lavozimini egallab kelmoqda, u o‘z lavozimida Rossiya hududlarining boshqa barcha rahbarlaridan ko‘ra uzoqroq ishlayapti. 2021-yil sentabrida Qodirov 99,7 foiz ovoz bilan mahalliy saylovlarda g‘alaba qozongan edi. Uning vakolat muddati 2026-yilda tugaydi.

Vladimir Putin Checheniston rahbarining natijasiga izoh berar ekan, bu “norealdek tuyulishi mumkin, ammo Qodirov boshchiligida respublika qanchalik o‘zgarganiga eʼtibor qaratsangiz, ovoz berish natijalari  shunday bo‘lishi aniq edi”, deb taʼkidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »