Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. U Telegram’dagi postiga Prigojin bilan tushgan suratini ilova qildi.

Foto: Telegram

Qodirov Prigojinni “milliy miqyosdagi muhim shaxs” deb atadi.

“Ammo oxirgi paytlar ‘Vagner’ rahbari mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarning to‘liq tasvirini ko‘rmadi yoki ko‘rishni istamadi. Men undan muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ishlar uchun shaxsiy ambitsiyalaridan voz kechishni so‘ragandim. Qolgan barcha masalani keyinroq hal qilsa bo‘lardi. Ammo u shunday odam edi, Prigojin, o‘zining temir xarakteriga ega, maqsadiga shu yerda, hoziroq erishish istagida yuradigan odam”, — ta’kidladi u.

Qodirov “Vagner” rahbarining urushdagi xizmatlarini eslab o‘tdi.

“Shubhasiz, u maxsus harbiy operatsiyaga katta hissa qo‘shdi. Bu xizmatlarini undan olib qo‘yib bo‘lmaydi. Uning o‘limi butun davlat uchun katta yo‘qotish bo‘ldi”, — deb yozdi Checheniston rahbari o‘z postida.

24-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tver viloyatida yuz bergan aviahalokatda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin o‘lganini tasdiqladi. U Prigojin “taqdiri murakkab, ammo iste’dodli odam” bo‘lganini aytdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Prigojinning samolyoti qulab tushganiga munosabat bildirdi. Zelenskiy Prigojin samolyoti halokatiga Ukrainaning aloqadorligini rad etdi.

“Aviahalokatga kimning aloqasi borligini hamma tushunib turibdi”, — dedi Zelenskiy

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »