Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Anneksiya qilingan Qrimdagi Vladimir Putinning dala hovlisini qo‘riqlagan Federal xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Vitaliy Brijatiy Rossiya prezidenti bilan qanday ishlagani haqida intervyu berdi. Brijatiy uni Ukrainadagi urushga jo‘natishlarini bilgach, Ekvadorga qochib ketgan. U mazkur urushga qarshi bo‘lganini aytgan.

Foto: “TASS”

Vitaliy Brijatiy kamchatkalik bo‘lib, uylanganidan keyin Qrimga ko‘chib o‘tgan. U avval OMONda kinolog bo‘lib ishlagan, keyinchalik Rossiya federal xavfsizlik xizmatida kinolog bo‘yicha instruktor sifatida faoliyat olib borgan.

Foto: Vitaliy Brijatiy / Videodan kadr

U Qrimning janubiy qirg‘og‘idagi Oliva qishlog‘idagi Putinning dachasini qo‘riqlagan. Rossiya prezidentining yozgi dachasi yonida mamlakat sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev va Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikovning dachalari joylashgan.

Brijatiy dachalarning uchastkasi juda katta bo‘lib, fitnes markazlaridan tortib choyxonalargacha borligi, vertolyotlar, nazorat punktlari va xususiy plyajlar joylashganini aytgan. Putin va uning yordamchilarining qarorgohlari suvdan g‘avvoslar tomonidan qo‘riqlanadi. Yerda esa uch metrli to‘siqlar bilan o‘ralgan, ularga kameralar o‘rnatilgan. Vitaliyning qayd etishicha, Qrim anneksiya qilinganidan keyin mahalliy aholining dengizga chiqish imkoni yo‘q, u butunlay to‘sib qo‘yilgan.

дача путина, дача путина крым

“Odamlar bu dachalarda ishlaydi. Mansabdor odam, ammo uning lavozimi kir yuvish mashinasi operatori hisoblanadi”, — dedi Vitaliy.

Uning o‘zi Bortnikovning dachalarida bo‘lgan va hukumat dachalariga borish juda qiyinligini aytadi. Ammo u dachalarning har birida 45 million rublga qurilgan musiqa tinglash uchun xona borligini eslatib o‘tdi.

Putin hech kimga ishonmaydi, hatto qo‘riqchisiga ham

“Odamlarga u shu dachada dam olmoqda deb aytishlari mumkin. Hamma uni qo‘riqlash payida, yugurib yuradi. Lekin u boshqa joyda bo‘lishi mumkin. Dachalarda ish qiziydi. Odamlar ishlaydi, agar uy egasi yoki mehmon kelsa, oziq-ovqat olib kelinadi. Agar ovqat buzilsa, uni tashlab, yangisini olib kelishadi”, — deydi Rossiya prezidentining sobiq qo‘riqchisi.
Foto: Putin qarorgohini o‘ragan to‘siqlar / “Novaya Gazeta”

Uning so’zlariga ko‘ra, Putinning Qrimga safarlari paytida uning kelishi birdaniga ikkita aeroportda — Sevastopol va Simferopolda e’lon qilinadi, ular orasidagi masofa 100 kilometrdan oshadi. Ammo Putin dengiz orqali yetib borishi yoki vertolyotda kelishi ham mumkin. Buni hech kim aniq bilmaydi.

Dacha hududlarida barcha xavfsizlik xodimlari uchun smartfonlardan foydalanish taqiqlanadi. Ammo shu bilan birga, barcha muloqot WhatsApp’da amalga oshiriladi. Turar joylarga kirgan barcha fuqarolarning pasportlari va telefonlari olib qo‘yiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqaydigan fotosuratlar xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olingan.

Brijatiyga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari tarkibida prezidentining xavfsizlik xizmati mavjud. Aynan ular Rossiya rahbariga hamrohlik qiladi.

Vitaliy Brijatyning ishi nimadan iborat edi?

Mahalliy xavfsizlik xizmati va Vitaliyning o‘zi kinolog sifatida hududda portlovchi moddalar bor-yo‘qligini tekshirgan. U, shuningdek, “KamAZ” yuk mashinalari orqali Putinga yetkazilgan sovg‘alarni ham ko‘zdan kechirgan.

Foto: Putinning dachasidagi qo‘riqchilari / “Novaya gazeta”

U Putin bilan uchrasha oladigan (yoki mumkin bo‘lmagan)larni ham nazoratdan o‘tkazgan. Vitaliy Sevastopol gubernatori tashrifdan oldin uch hafta karantinda bo‘lganini eslaydi.

Urushga munosabat

Vitaliyning aytishicha, 2022-yil fevral oyida Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng darhol ularning barchasiga bronjiletlar kiyish buyurilgan. Uning hamkasblarining aksariyati Ukrainani bosib olish tez bo‘lishi va yangi hududlarda ish, martaba zinapoyasida yuqoriga ko‘tarilish imkoniyati paydo bo‘lishiga umid qilib, xursand bo‘lgan.

Uning o‘zi ketishga qaror qilgan, biroq raporti qabul qilinmagan. Aksincha, uning hamkasblariga dronlarning dacha uzra uchish ehtimoliga osmonni muntazam kuzatish topshirilgan.

Qanday qilib Vitaliy Qrimni tark etishga va iste’foga chiqishga muvaffaq bo‘ldi?

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyin prezidentdan ko‘ngli qolgan. Ularga ukrainalik qarindoshlari, AQSH va Yevropa Ittifoqi fuqarolari, shuningdek, urushga qarshi bo‘lgan har qanday odamlar bilan muloqot qilish taqiqlangan.

U ketish haqida ariza yozgach, u bilan ikki soat suhbatlashishgan va Vitaliyni frontga jo‘natish bilan tahdid qilishgan. U ta’tilga chiqishi kerak edi, lekin uning boshlig‘i, uni frontda ketadiganlar ro‘yxatiga kiritgan.

U hammadan yashirincha pasport olgan. Uning rafiqasi Ekvadorda yashash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirgan. Brijatiy o‘z rahbarlariga uning hozirda yashash uchun ruxsatnomasi borligini va bu qonun xavfsizlik xizmatida ishlashini taqiqlashini aytgan. Shundan keyingina u ishdan bo‘shatilgan.

“Ketganimda eshitgan oxirgi ibora: Frontda omad tilaymiz!”, — deydi u.

Vitaliyning ketish haqidagi qarorini qarindoshlari dushmanlik bilan qarshi olgan. Otasi buni qabul qilmagan.

“Chunki u televizor ko‘radi”, — deya xulosa qilgan Brijatiy.

Mavzuga doir
Izoh

Бахтиёр Мадмаров

12.09.2023, 08:57

э барака топгурлар шу хам мавзуми энди, бир ватан хоинини кандай килиб уз юртига, ватанига хиёнат килганини халкимизга мактаниб ёзиш, сизлар узи нимага дават киляпсизлар узи укувчиларингизни, кани ватанпарварлик, халкига президентига булган мухаббат, бу гирт ватанфуруш хоинни хаётию

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »