Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchilik yulduzlarga hamma narsa oson, ular boy va mashhur, deb o‘ylaydi. Ammo ular mashhur bo‘lgunga qadar qiyin yo‘lni bosib o‘tganini bilishmaydi. Ularning ham muvaffaqiyatsizliklardan shunchalik charchagan paytlari bo‘lganki, kinodan butunlay ketishlariga oz qolgan.

Sharliz Teron

Foto: AdMe

Hozirgi kunda Sharliz — ommaning sevimlisi va Gollivuddagi eng ko‘p maosh oluvchi aktrisalardan biri. Ammo u Los-Anjelesga omadini sinab ko‘rish uchun juda oz pul bilan kelganini va fuqarolik muammolari tufayli chekini naqd qilishdan bosh tortgan bank xodimi bilan janjallashishga majbur bo‘lganini ko‘pchilik bilmaydi. Janjalni o‘sha bankka ish bilan kirgan iste’dodlilarni topish bilan shug‘ullanadigan agent ko‘rib qoladi.

U bo‘lajak aktrisaga tashrif qog‘ozini qoldiradi va uni aktyorlik maktabiga qabul qiladi, u yerda Sharliz o‘zining birinchi rollarini o‘ynaydi. Ko‘p o‘tmay u “Iblis advokati” filmida ishtirok etadi, bu uning karyerasidagi yutug‘i edi.

Melissa Makkarti

Foto: AdMe

Ko‘pchilik Melissaning komedik iste’dodini tan olgan. Ammo dastlab bo‘lajak yulduzga omad kulib boqmaydi: kastinglardan o‘ta olmaydi, rollarga munosib ko‘rilmaydi. Natijada Melissa o‘ziga shart qo‘yadi: agar u 30 yoshgacha Gollivudda ish topolmasa, aktrisa bo‘lish orzusidan voz kechadi.

30 yoshga to‘lishidan bir hafta oldin Makkarti “Gilmor qizlari” teleserialida rol o‘ynaydi va bu rol uni mashhur qiladi.

Robert Pattison

Foto: AdMe

Unga olamshumul mashhurlik olib kelgan “Sumerki” filmida suratga tushishdan oldin Robert hammasidan voz kechishga tayyor bo‘lib turagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aktyor “Sumerki” filmining kastingiga agentining maslahati bilan o‘zi bilan gitara olib keladi.

“Ichkariga kirsam, ular: “Gitara chalishni bilasizmi” deb so‘rashdi. Men ularga yo‘q dedim, ular “Nima, uni ushlab turish uchun olib keldingizmi?” deyishdi. Tamom. Shu yerning o‘zida tamom bo‘ldim”, deydi aktyor. Bu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, u ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib: “Bo‘ldi, ortiq o‘zimni qiynamayman”, deydi. Ertasi kuni Robertni “Sumerki”ga taklif qilishadi.

Uill Smit

Foto: AdMe

Uill Smit aktyor bo‘lishidan oldin reper bo‘lgan. Uning musiqiy karyerasi juda muvaffaqiyatli bo‘lishiga qaramay, soliqlarni to‘lamaganligi uchun qarzlari ko‘payib ketgandi. Bir kuni do‘sti Uillni shou maydonchasiga sudrab keladi — shunchaki u karyerasi uchun yordam beradigan odam topish maqsadida. Haqiqatan ham “Bel-Airning yangi shahzodasi” sitkomida rol o‘ynashiga yordam bergan kerakli odamni uchratadi.

Xelli Berri

Foto: AdMe

Mashhur aktrisa bo‘lishdan ancha oldin Xelli bir muddat uysizlar boshpanasida yashagan. O‘sha paytda u 21 yoshda edi. Xelli onasiga qo‘ng‘iroq qilib, pul jo‘natishini so‘raydi, lekin onasi unga yordam bermaydi. Hozir aktrisa o‘sha paytda onasi unga pul bermagnidan minnatdor: bu voqea unga ko‘p narsani o‘rgatadi. Xelli bu qiyinchilikdan chiqib ketishning uddasidan chiqadi: ikki yil o‘tgach, Berri “Jungli vasvasasi” filmida debyut rolini o‘ynaydi.

Kris Pratt

Foto: AdMe

Biz Krisni “Galaktika qo‘riqchilari” va “Yura davri olami”ning yulduzi sifatida bilamiz, ammo bundan oldin u ham muammoga duch kelgan. Kris maktabni tashlab, yarim kunlik ofitsiant bo‘lib ishlagan. U hatto mijozlardan qolgan ovqatlarni ham yeyishga majbur bo‘ladi. Bir kuni u aktrisa va rejissor Rey Dong Chongga xizmat ko‘rsatadi — aynan u tufayli Kris kinoga kirib keladi va tez orada serialdagi birinchi rolini oladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »