Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Issiq sentyabr o‘z o‘rnini yomg‘irli, sovuq oktyabrga bo‘shatib berdi. Yumshoq adyolga o‘ranib, bir krujka issiqqina shokolad bilan yangi turk seriali tomosha qilishning ayni vaqti.

“Qo‘rg‘on sirlari” (ikkinchi fasl)

Oddiy qiz Seyranga uylangan Ferit ismli badavlat yigit haqida hikoya qiluvchi serialga ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi. Asosiy rollarni Mert Ramazan Demir va Afra Saracho‘g‘li ijro etgan.

Agar birinchi mavsumda qahramonlarga endigina ko‘nikib qolgan bo‘lsak, “Qo‘rg‘on sirlari”ning yangi epizodlarida ular butunlay tanish bo‘lib tuyuladi. Rejissorlar tomoshabinlarga Seyranning Ferit uchun kurashining davomini ko‘rsatishadi, chunki shaxsiy hayotida u ham baxtga loyiq. Film davomida yigit shoshilinch operatsiya uchun kasalxonaga tushib qoladi va hamma sodir bo‘lgan voqea uchun Seyranni ayblaydi...

Serialning ikkinchi mavsumida bosh qahramonlardan tashqari Emre Altug‘ (O‘rxan), Tekindor Chetin (Xalis og‘a), Oznur Sercheler (Asuman Korhan), Beril Pozam (Suna) ham ishtirok etadi, shuningdek, aktyrlar tarkibiga Xalisning nabirasi rolida Taro Emir Tekin ham qo‘shiladi.

“Sapfir”

Bu filmda Gulsoylar oilasi – Gulfem va uning uch o‘g‘li haqida hikoya qilinadi, ayol bolalarini qattiqqo‘llik bilan tarbiyalagan. Ular aqlli, bilimli va odobli bo‘lib ulg‘ayishadi, lekin ularning o‘zaro munosabatlari yaxshi emas.

Munosabatlarining buzilishiga sabab bir vaqtning o‘zida uchalasini ham sevib qolgan Feray ismli qiz. Shuning uchun yigitlar nafaqat uning yuragi, balki oilaviy merosi — sapfir uzuk uchun ham raqobatlashishi kerak.

Kuzgi yangi prokatning yulduzlari aktyorlar Ilhan Shen (Ates Gulsoy), Özge Yagiz (Feraye Yilmaz), Burak Berkay Akgül (Yaman Gulsoy) va Ipek Tuzcuog‘lu (Gülfem Gulsoy) edi.

“Agar chin dildan sevsang”

Serialda butun e‘tiboringiz “Qalbim eshigini qoq” seriali yulduzi Kerem Bursinga qaratiladi. Hafsanur Sanjaktutan yangi filmida unga partnyor bo‘lgan. Filmda Kerem badavlat yigit Atesh rolini o‘ynaydi, Hafsanur esa firibgar qiz Leyla obrazini yaratadi.

Ikkalasi bir-birlari bilan otasining o‘limini eshitgan Ateshning uyida tanishadi. Otasi o‘g‘lidan ikkinchi turmushidan bo‘lgan bolalariga g‘amxo‘rlik qilishini vasiyat qilgani uchun o‘g‘li Leyla ismli enagani yollashga qaror qiladi. Tanishuv davomida yigit va qiz umumiy muammolari, bir-birlarining o‘tmishi haqida bilib olishadi va bu tuyg‘ularning uyg‘onishiga sabab bo‘ldi.

“Taqdir rishtalari”

Joriy yilning may oyida “Yongan mamlakat” serialini suratga olish boshlandi, biroq ikki oydan keyin u “Taqdir rishtalari”ga aylandi. An‘’anaga ko‘ra, turk seriallarining klassik sujeti qiyinchiliklar, tanlovlar, sevgi va oq otli shahzodani o‘z ichiga oladi. Mazkur filmda ham Chernogoriyada tanishgan va yuqoridagi vaziyatlarni birgalikda boshdan kechirgan Kerem va Sevda haqida hikoya qilinadi.

Kerem Sevdani balodan qutqaradi, lekin adolatsizlik sabab qamoqqa tashlanadi. Bir necha yil o‘tgach, ular yana uchrashib, bir-biriga nisbatan jiddiy his-tuyg‘ulari borligini tushunishadi.

“Taqdir rishtalari” filmi qahramonlarini Serkan Chayog‘lu, Aycha Ayshin Turan, Arzu Gamze Kilinch, Alptekin Serdengechti, Betul Chobanoulu gavdalantirgan.

“O‘zi yiqilgan yig‘lamaydi”

Ushbu melodrama ijtimoiy mavqelari teng bo‘lmagan yoshlar Leyla Soner va Serkan haqida hikoya qiladi. Qiz boy oilada tug‘ilgan, shuning uchun u eng yaxshi narsalarga erishishga odatlangan. Serkan esa mexanik bo‘lib ishlaydigan kelishgan yigit.

Qanday qilib dunyoqarashi turlicha bo‘lgan ikki qahramonni bir-biriga jalb qilish mumkin? Ammo bu juftlik turli xil ijtimoiy mavqeyi ham, yo‘lda duch kelgan to‘siqlar ham sevishganlarning his-tuyg‘ularini yo‘qota olmasligini isbotlaydi.

“Yovvoyi”

Filmda Halit O‘zg‘ur Sari bolaligida boy oiladan o‘g‘irlab ketilgan Yaman Ali ismli yigit rolini o‘ynaydi. Qahramon ko‘chada yashaydi, garchi uysizlik uni jinoyatchiga aylantirmagan bo‘lsa ham u uchun yaxshi odam bo‘lib qolish va do‘stlariga yordam berish juda muhim.

Bir kuni Yaman ota-onasi haqida hayratlanarli ma‘lumotlarni bilib qoladi va ular bilan bog‘lanishga harakat qiladi. Ammo bu hikoyada hammasi oddiy emas – yigit Turkiyadagi eng muvaffaqiyatli kishilarning qizi maftunkor Neslixon bilan tanishadi va uni sevib qoladi. Qizning onasi bu munsabatdan umuman mamnun emas.

“Butunlay boshqa”

Agar Hande Erchel muxlisi bo‘lsangiz, bu detektiv serialni albatta ko‘rishingiz kerak. Bu filmda aktrisa prokuratura xodimi Leyla rolini ijro etadi. Unga muvaffaqiyatli jurnalist Kenan O‘zturk rolini ijro etgan Burak Deniz partnyorlik qiladi.

Sujet qotillik tergoviga bag‘ishlangan bo‘lib, unga kutilmaganda Layla jalb qilingan – u shunchaki Istanbulga ota-onasini ko‘rgani kelgan, biroq oilasi bilan hordiq chiqara olmagan. Ayni paytda u Kenan bilan tanishadi va u bilan jinoyatchini qidiradi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »