Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchilik farzand ko‘rish uchun 25-30 yosh oralig‘ini ma’qul ko‘radi. Ammo 40 yoshdan keyin farzandli bo‘lgan ayollar ham talaygina.

Nikol Kidman

Foto: AdMe

Avstraliyalik aktrisa Nikol Kidman Tom Kruz bilan turmushidan ikki bola asrab olgan — Izabella Jeyn ismli qiz va Konnor Entoni ismli o‘g‘il. Kruz bilan ajrashgandan so‘ng, Nikol yana turmushga chiqadi. Uning sevgilisi avstraliyalik qo‘shiqchi va musiqachi Kit Urban edi. 2008-yilda Kidman 41 yoshga to‘lganda, juftlikning Sandey Rouz ismli qizi dunyoga keladi. Ikki yil o‘tgach, ular yana qizli bo‘lishadi — Feyt Margaret. Bu safar surrogat ona yordami bilan.

Xelena Bonem Karter

Foto: AdMe

Xelena Bonem Karter va rejissor Tim Byortonning ikki farzandi bor: 2003-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Billi va 2007-yilda tug‘ilgan qizi Nell. Farzandli bo‘lganda aktrisa 41 yoshda edi. Aytgancha, qizi 7 oygacha ismsiz yuradi, chunki er-xotin ism tanlashda kelisha olmaydi. Xelenaning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi homiladorligidan oldin u uzoq vaqt davomida bepushtlikdan davolangan, hatto EKU variantini ham ko‘rib chiqqan. Aktrisa 2 yillik urinishlardan keyin homilador bo‘lishga muvaffaq bo‘ladi.

Meril Strip

Foto: AdMe

Zamonamizning buyuk aktrisalaridan biri Meril Stripning to‘rt nafar farzandi bor. Aktrisa va haykaltarosh Don Gammerning so‘nggi farzandi tug‘ilganda juftlik 41 va 44 yoshda edi.

Monika Belluchchi

Foto: AdMe

Fransuz aktyori Vinsent Kasselga turmushqa chiqqan Monikaning ikki farzandi — qizlari Deva va Leoni bor. Italiyalik ayol bittasini 40 yoshga to‘lishidan biroz oldin, ikkinchisini esa 46 yoshida dunyoga keltirgan.

Belluchchi ikkala homiladorligida ham unchalik qiynalmagan, ammo o‘zining tan olishicha, u kech farzandli bo‘lish masalasida boshqalarga o‘rnak bo‘lishni xohlamaydi. Monika buni xavfli deb hisoblaydi va o‘zini shunchaki omadli ayol deb biladi.

Jennifer Konnelli

Foto: AdMe

Jennifer Konnellining 3 nafar farzandi bor. Aktrisaning birinchi farzandi 1997-yilda, ikkinchi farzandi 2003-yilda, uchinchi farzandi esa 2011-yilning bahorida dunyoga kelgan. Kichkina farzandi dunyoga kelganida Jennifer 40 yoshda edi. Homiladorlik uning uchun oson kechmaydi, chunki aktrisa birinchi trimestrda toksikozdan aziyat chekadi.

Eva Mendes

Foto: AdMe

2011-yilda Eva Mendes Rayan Gosling bilan uchrashishni boshlaydi. O‘zaro munosabatlar natijasida juftlikning ikki qizi tug‘iladi — Esmeralda va Amada Li. Eva qizlarini 40 va 42 yoshida dunyoga keltirgan. Shundan so‘nggina juftlik yashirincha turmush quradi. Hozirda aktrisa bo‘sh vaqtini qizlariga bag‘ishlaydi va kinoga qaytishni rejalashtirmaydi.

Kemeron Dias

Foto: AdMe

Kemeron Diasning aytishicha, u hech qachon ona bo‘lish haqida o‘ylamagan. Ammo u musiqachi Benji Madden bilan tanishib, sevgilisi bilan turmush qurgach, hammasi o‘zgaradi. 2019-yilning 30-dekabrida 47 yoshli aktrisa qizi Reddiks Xloyani dunyoga keltiradi. Baxtli ota-onalarning aytishicha, qizaloq bir zumda ularning qalbini zabt etgan.

Kortni Koks

Foto: AdMe

“Do‘stlar” teleserialidagi Monika Geller obrazini hech kim aktrisa Kortni Koksdek o‘ynab berolmaydi. Uning homiladorligi juda og‘ir kechgan — Kortni 7 ta abortni boshdan kechirgan. Ammo aktrisa taslim bo‘lmaydi va oxir-oqibat Koko ismli qizaloqni dunyoga keltiradi. O‘sha paytda Kortni 40 yoshda edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »