Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1996-yil 9-oktyabrda gollandiyalik model Iolanda van den Xerik va falastinlik milliarder Muhammad Hadid oilasida Izabella ismli qiz dunyoga keladi. Otasining oldingi turmushidan Mariel va Alana ismli farzandlari bo‘lgan. Iolanda bundan tashqari, o‘g‘li Anvar va Bella tug‘ilishidan bir yil oldin, hozir mashhur modelyer bo‘lgan Jiji Hadidni dunyoga keltirgan.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Mazkur nikoh uzoq davom etmaydi: o‘g‘li tug‘ilgandan bir yil o‘tgach, er-xotin ajrashadi, keyinchalik Iolanda musiqachi Devid Fosterga turmushga chiqadi. Qizig‘i shundaki, prodyuser avvalroq Bryus Jennerning sobiq sevgilisi Linda Tompson bilan oila qurgan, keyinchalik u Bella va Jijining yaqin dugonalariga aylangan Kendall va Kayli Jennerlarning otasi bo‘ladi.

Opa-singil Hadidlar hashamatda o‘sgan va aslzoda oila vakillari singari ot minishni yaxshi ko‘rishgan. Izabella 2016-yilgi Olimpiadada ishtirok etishni orzu qilganini ta’kidlaydi, ammo sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar unga xalaqit beradi: rasmiy versiyaga ko‘ra, butun oilani kana chaqqan, shuning uchun Iolanda va Anvar Layma kasalligiga (qon so‘ruvchilar tomonidan yuqadigan eng keng tarqalgan kasallik) chalingan. Biroq ot sporti bo‘yicha mutaxassislar Bellaning xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqish imkoniyati bo‘lmaganini aytishadi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Yangi ko‘rinish

O‘smirlik chog‘ida Bella ortiqcha vazndan aziyat chekkan, u ayniqsa nozik onasi va opasini ko‘rganida tushkunlikka tushardi. Aytgancha, Jijidan ajralib turish uchun malla sochli qiz sochlarini jigarrangga bo‘yaydi. Ammo uning tashqi qiyofasini yaxshilash choralari shu bilan tugamaydi: Izabella juda ko‘p vazn yo‘qotadi, shuningdek, onasidan rinoplastika uchun pul berishni so‘raydi — 15 yoshli o‘smir qiz otasidan meros bo‘lib qolgan katta burnidan mamnun emasdi.

Foto: Getty Images

2014-yilda Bella Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tadi va fotografiya bo‘yicha o‘qiy boshlaydi. Biroq u kameraning narigi tomonida ishlashga ko‘proq qiziqadi. 2015-yilda u Breakthrough Star mukofotiga sazovor bo‘ladi, shuningdek, qisqa metrajli film va bir nechta kliplarda rol o‘ynaydi.

Foto: Getty Images

Podiumdagi muvaffaqiyatlar

Ko‘p o‘tmay, dunyodagi eng yirik brendlar Bellaga taklif yog‘dira boshlaydi — u doimiy ravishda podium va reklamalarda paydo bo‘ldi. 2016-yilda qiz First Annual Fashion Los Angeles Awards mukofotini qo‘lga kiritadi. Yilning eng yaxshi modeliga aylanadi va Victoria’s Secret bilan shartnoma tuzadi. Bir yil o‘tgach, Hadid Vogue jurnalining sakkizta milliy versiyasining muqovasida paydo bo‘ladi va 6 million dollar daromad bilan Forbes ma’lumotlariga ko‘ra eng ko‘p haq to‘lanadigan 10 ta model qatoriga kiradi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Hadid 2022-yilda muvaffaqiyatli liboslar seriyasini davom ettirib, moda timsoliga aylandi —Versace Vintage yana bir bor supermodelning ideal qiyofasini ta’kidladi. Koperni suyuq libosi bilan o‘tkazilgan tajribasi muxlislarni yanada hayratga soldi: podiumda Bellaning yalang‘och tanasiga oq suyuqlik purkashdi va tomoshabinlar ko‘z o‘ngida bo‘yoq matoga aylandi.

Foto: Getty Images

Singan qalb

“Men erkaklar ichida katta bo‘lganman. Oilaviy davrada, munosabatlarda va boshqa vaziyatlarda mening ovozim erkaklarniki kabi muhim emasligini his qilardim, — deydi Hadid Victoria’s Secret Voices podkastida. — Natijada o‘zimni himoya qilish va eshitish uchun chegaralar yo‘qoldi”.
Foto: Getty Images

Bella atrofidagilarni xafa qilishni xohlamaydi, shuning uchun qiz doimo uni kamsitish yoki haqorat qilishga jur’at etgan yigitlardan xafa bo‘lmaydi. Shubhasiz, The Weeknd bilan bo‘lgan romantikada ham shu holat sodir bo‘ldi: dastlab Hadid raqqosa rolini o‘ynagan In The Night klipida va Coachella festivalida The Weeknd bilan birga chiqdi. Keyinchalik sevishganlar ikki marta ajralishdi, bunga sabab qilib tig‘iz ish jadvalini ko‘rsatishdi.

Foto: Getty Images

Mish-mishlarga ko‘ra, aslida reper doimiy ravishda modelga xiyonat qilgan. Birinchi ajralish paytida u Selena Gomez bilan ishqiy munosabatda bo‘ladi, ammo bir necha oydan keyin Gomes Jastin Biberning yoniga qaytadi. The Weeknd Bellaning kechirishiga erishadi, lekin shu bilan ularning sevgi hikoyasi tugaydi. Biroq toksik munosabatlarga qaramay, sobiq juftlik keyinchalik do‘st bo‘lishga qaror qiladi.

2020-yil oxirida Hadid Jek Nikolsonning nabirasi Dyuk bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, qalb jarohatini davolamoqchi bo‘ladi, ammo bundan hech qanday yaxshilik chiqmasligini tezda anglaydi. Ammo 2021-yil iyul oyida model art-direktor Mark Kalman bilan tanishadi va jiddiy munosabatlar haqida o‘ylay boshlaydi. To‘g‘ri, o‘sha kuzda Bella obunachilari oldida yig‘lab, ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolarini tan oladi.

Foto: Getty Images

Biroq 2022-yilda Parijdagi moda haftaligida model o‘zining Mark bilan munosabatlarini rasman tasdiqlaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, The Weeknd bilan ajrashgandan so‘ng, Bella tushkunlikka tushib, giyohvandlikka moyil bo‘lib qolgan. Kalman unga psixologik travma va giyohvandlik bilan kurashishda yordam bergan.

Foto: Getty Images

Kasallikning kuchayishi va yangi ajralish

Bir necha yil oldin Bella Layma kasalligi alomatlari bilan kurashayotgani, vaqti-vaqti bilan tomchidori olishga majbur bo‘layotgani va ruhiy salomatligida ham muammolar kuzatilayotganini aytgandi. 

“Men suyak og‘rig‘i, charchoq va hokazolar tufayli bir necha kunlab yotoqdan tura olmaslik nima ekanligini bilaman, — deydi supermodel. — Bunday paytlarda odamlar bilan muloqot qilishni yoki ular atrofida bo‘lishni xohlamayman”.
Foto: Getty Images

So‘nggi paytlarda kasallik kuchaydi, ammo bu uning Markdan ajralishiga sabab emasdi. 

“Ular bir-birlarini juda yaxshi ko‘rishardi, lekin o‘zlari munosabatlarni to‘xtatishga qaror qilishdi. Bella juda yaxshi inson, lekin shon-shuhrat bosimi bilan yashaydi. Ular ajrashganidan beri o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishga harakat qilmoqda.... Uning Mark bilan ajralishi do‘stona kechdi va u har doim shaxsiy narsalar haqida ochiq gapiradigan odam bo‘lgan”, — deydi insayder.
Foto: Getty Images

Bella sog‘lig‘iga ko‘proq e’tibor qaratish uchun karyerasida tanaffus qilishga qaror qildi, ammo unga Layma kasalligi emas, balki spirtli ichimlik va giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolar tufayli reabilitatsiya kerak bo‘lgan, degan mish-mishlar tarqaldi. Hadidning yaqinlari bu mish-mishlarni qat’iy rad etdi: Bella giyohvandlikdan aziyat chekmagan, balki spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan butunlay voz kechgan.

Foto: Getty Images

Qiyin davrga qaramay, model tez orada ishiga qaytib, barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga ishonadi. 

“Men yaxshiman, tashvishlanishga hojat yo‘q. Men taqdirimdagi hech narsani o‘zgartirmagan bo‘lardim. Agar shu yergacha kelish uchun bularning barchasini yana boshdan kechirishim kerak bo‘lsa, hozir aynan shu daqiqada, barchangiz bilan birga bo‘lardim. Bu meni bugungi Bellaga aylantirdi.
Foto: Getty Images
Shuni aytishim kerakki, agar kurashsangiz, hamma narsa amalga oshadi. Men kuchli bo‘lishga, o‘zimga va eng yaxshi narsalarga ishonaman, shunda qora bulutlar tarqala boshlaydi. Men 100 kunlik davolanish kursi, deyarli 15 yillik ko‘rinmas azob-uqubatlar uchun ham minnatdorman — barchasi shunga arziydi”, — deydi Bella obunachilariga.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »